Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Ro‘ziqul Berdiyev: «Maksimal natija uchun kurashamiz»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Maksimal natija uchun kurashamiz»

Baho:
+ | -

Joriy yilning 7-27 aprel kunlari Saudiya Arabistonida OCHL guruh bosqich o‘yinlari markazlashgan tartibda o‘tkaziladi. «E» guruhida mamlakatimiz sharafini Qarshining «Nasaf» jamoasi ham himoya qiladi. Shu munosabat bilan maxsus muxbirimiz safar oldidan «ajdarlar» bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyevdan intervyu oldi.

- Ro‘ziqul Sa’dullayevich, «Nasaf» OCHL guruh bos­qich o‘yini oldidan «Lokomotiv» ustidan g‘alaba qozondi. Mavsumdagi dastlabki yutuq bilan tabriklaymiz.

- Katta rahmat. Juda xursandmiz. Yigitlar bu yutuqqa o‘z mehnatlari bilan erishishdi. Chunki oldingi ikki o‘yinda durang qayd etilgandi. G‘alabaga tashnalik jamoamizni 3 ochko uchun maydonda murosasiz kurash olib borishga undadi. OCHL guruh bosqichi o‘yinlari arafasidagi muvaffaqiyat jamoamizga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishlaydi.

- Chempionlar Ligasidagi raqiblar jiddiy, ularga qarshi kechadigan o‘yinlar oson bo‘lmasligi aniq. Umuman, ushbu jamoalar o‘yini qay darajada o‘rganildi?

- «Al-Sadd»ni yaxshi bilamiz. Ularga qarshi OCHL doirasida ikki marta o‘ynaganmiz. Bu qit’amizdagi nomdor jamoalardan biri. «Al-Faysali» bilan esa yaqindan tanish emasmiz. Lekin shuni alohida qayd etish lozimki, Saudiya Arabistoni klublari ancha tajribali, kuchli. Jamoa o‘yinlarini atroflicha o‘rganib, shogirdlarimga zarur ko‘rsatmalarni beraman. «Al-Vihdat» Iordaniya chempionatida g‘oliblik uchun kurashadigan klublardan biri. OFK kubogida bu jamoaga ham to‘qnash kelganmiz.

- Tarkibdan ko‘nglingiz to‘qmi? Jarohatlar yo‘qmi? G‘olib G‘aybullayev, qolaversa, «Lokomotiv» bilan o‘yinda jarohat olgan Sherzod Nasrullayevning holati qanday?

- G‘olibning ahvoli haqida oldingi intervyularda aytgandim. Sherzodning esa jarohati jiddiy bo‘lib chiqdi. Nasrullayev jamoamizning yetakchi o‘yinchisi bo‘lgani holda, keng ko‘lamli ishni bajarardi. Nachora, yigitlarimizning tezroq sog‘ayib, safga qaytishlarini kutib qolamiz. Endi mavjud imkoniyatimizdan foydalanib, ularning o‘rnini zaxira futbolchilari hisobiga to‘ldiramiz.

- Ushbu nufuzli musobaqadan ko‘zlangan maqsad qanday?

- O‘yinlar oson kechmaydi. Dastlabki uchrashuv 8 aprel kuni «Al-Sadd»ga qarshi kechadi. Ushbu jamoa tarkibi Qatar milliy termasi o‘yinchilaridan iborat. Bugungi kunda «Barselona»ni boshqarayotgan Xavining sobiq jamoasi. «Al-Sadd» bilan Qarshida bo‘lib o‘tgan dastlabki uchrashuvda 1:0 hisobida g‘alaba qozonganmiz. Bu gal ham bor kuchimiz bilan o‘ynaymiz, raqibni yengishga jamoamizning qurbi yetadi. Garchi «Nasaf» tarkibi yoshlardan iborat bo‘lsada, ular xalqaro maydon havosidan nafas olishga ulgurishgan. OCHL bahslarida bu boradagi tajribamiz yanada oshadi. Maksimal natija uchun kurashamiz. O‘ziga xos imtihon bo‘ladigan bahslarda guruhdan chiqish uchun astoydil intilamiz. Bizni, shu bilan birga, «D» guruhi a’zosi «Paxtakor»ning zafarli odimini mamlakatimizdagi ko‘psonli muxlislar kutib turishibdi. O‘zbekiston nomidan xorij maydonida to‘p surish yuksak mas’uliyat bo‘lish bilan birga sharaf va faxr hamdir.

- Sizga va jamoangizga OCHL guruh bosqich o‘yinlarida omad tilaymiz. Xorij maydoni o‘zbek klublariga zafar keltirsin.

- Tashakkur. Ana shunday ezgu istaklar hammamizga yor bo‘lsin.

Husan TEMIROV suhbatlashdi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:23, 07.04.2022.
O'qildi: 3315 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.