Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

«Paxtakor» bugun Chempionlar Ligasida 109-o‘yinini o‘tkazadi

«Paxtakor» bugun Chempionlar Ligasida 109-o‘yinini o‘tkazadi

Baho:
+ | -

"Sherlar" Osiyo Chempionlar Ligasi-2022ning birinchi turida turnirdagi 109-bahsda maydonga tushishadi.

"Paxtakor" hozirga qadar Osiyo Chempionlar ligasida 108 bellashuv o‘tkazib, 48 g‘alaba, 23 durang va 37 mag‘lubiyat qayd etgan. Raqib darvozasiga 149 to‘p kiritib, darvozasidan 137 gol qo‘yib yuborgan va 167 ochko to‘plagan. Ilk o‘yin bundan deyarli 20 yil avval Toshkentda Iordaniyaning "Al-Vihdat" jamoasiga qarshi o‘tkazilib, unda jamoamiz 3:0 hisobida zafar quchgan. Shuningdek, chempionlar musobaqasi sanalgan Osiyo Chempionlari Kubogida ikki o‘yin o‘tkazilgan.

Osiyo klublar musobaqalarida esa jamoamiz jami 124 bellashuvda maydonga tushib, 55 g‘alaba, 25 durang hamda 44 mag‘lubiyatga ega. Raqiblar darvozasi 192 marta ishg‘ol qilinib, 171 gol o‘tkazilgan.

Chempionlar Ligasida umumiy ishtirok borasida "Paxtakor" Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi bilan birgalikda rekordchi sanaladi. Ikkala jamoa 16 martadan turnirda ishtirok etgan. Guruh o‘yinlari va pley-off bosqichi natijalarini hisoblaganda "Paxtakor" OCHLning umumiy jadvalida 6-pog‘onani egallab turibdi.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 15:36, 07.04.2022.
O'qildi: 3225 marta.
Fikrlar: 43 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик