Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

Ueyn Runi: «MYU» bosh murabbiyi bo‘lishni istayman»

Ueyn Runi: «MYU» bosh murabbiyi bo‘lishni istayman»

Baho:
+ | -

«MYU» tarixidagi bosh goleador Ueyn Runi tan oldi - hozirda uning har bir tashlayotgan qadami kelajakda «qizil iblislar» boshqaruvida ishlashga qaratilgan. «Shrek» shu maqsadda yanvar oyida «Everton» rahbariyati bilan suhbat jarayonidan voz kechganini aytdi. Vaholanki, u katta futboldagi faoliyatini aynan shu klubda boshlagan. Qisqasi, sobiq hujumchi «Derbi Kaunti»ga Chempionshipda qolish yo‘lida yordam berish uchun sobiq jamoasi taklifini qabul qilmadi.

Joriy mavsum «Derbi»dan moliyaviy qoidabuzarliklar oqibatida 21 ochko olib tashlandi va klub ayni payt turnir jadvalining oxirgi o‘rinlarida bormoqda. Shunga qaramay, ko‘pchilik Runini maqtamoqda. Binobarin, u bor e’tiborini «Derbi»ni ligada olib qolishga qaratmoqda. «Shrek» shuningdek, hozirgi tajribasi kun kelib, «Yunayted»dan taklif olishi va ishlashida qo‘l kelishiga ishonmoqda. Runi buni dangal aytmoqda ham: «Bosh murabbiy sifatida ishlashga qaror qilganimning asosiy sababi bitta - «Manchester Yunayted». Ha, yashirmayman, oldinroq «Everton»da suhbatdan o‘tishim mumkin edi. Biroq xohishim bosh­qa - kelajakda «MYU» boshqaruvini qo‘lga olish. Bilaman, hozircha bunga tayyor emasman, lekin kun kelib shunday bo‘lishi uchun hammasini reja asosida amalga oshirishim, qadamba-qadam oldinga intilishim kerak».

Ma’lumot uchun, Runi «qizil iblislar» tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi - «Old Trafford»dagi 13 yillik faoliyatida 253ta gol urgan va naq 16ta sovrin yutgan. U jumladan, APLda 5 marta chempion bo‘lgan, shuningdek, YECHLda g‘alaba nashidasini surgan.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 09:16, 08.04.2022.
O'qildi: 2521 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик