Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Jerar Moreno - «Vilyarreal»ning tirik afsonasi. Soyada qolgan yulduz haqida nimalarni bilamiz?

Jerar Moreno - «Vilyarreal»ning tirik afsonasi. Soyada qolgan yulduz haqida nimalarni bilamiz?

Baho:
+ | -

Bugun «Vilyarreal»ning tirik afsonasi, «sariq suvosti kemasi» tarixidagi eng yaxshi to‘purar, klubning Yevropa Ligasidagi afsonaviy g‘alabasining asosiy futbolchilaridan biri Jerar Moreno 30 yoshini nishonlamoqda.

Jerar Moreno - ispaniyalik futbolchi, «Vilyarreal»da hujumchi sifatida o‘ynaydi. Jerar — «Badalona» futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi. 2010/11 yilgi mavsumda uni «Vilyarreal»ning uchinchi jamoasi sotib oldi va uchinchi divizionda 39 o‘yinda 34 ta gol urdi. Keyin Moreno «sariq suvosti kemasi»ning zaxiradagi o‘yinlarida ishtirok eta boshladi va 29 uchrashuvda 13 ta gol urdi. 2012 yildan boshlab Jerar klubning asosiy jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda, ammo u 2013/14 mavsumni tajriba orttirish maqsadida Segunda klubi «Malyorka» safida o‘tkazdi. 2015 yilga kelib «Vilyarreal» Jerarni «Espanyol»ga sotib yubordi. Kataloniya klubi safida 3 mavsum to‘p tepgan futbolchi 107 o‘yinda 36 ta gol muallifiga aylandi. Shundan keyin u yana «Vilyarreal» safiga qaytdi.

«Vilyarreal» tarixidagi eng yaxshi to‘purur

To‘liq ismi: Jerar Moreno Balagero (Gerard Moreno Balagueró)

Tug‘ilgan sanasi va joyi: 1992 yil 7 aprel, Santa-Perpetua-de-Mogoda (Ispaniya)

Pozisiyasi: hujumchi

 

Jerar Morenoning «Vilyarreal»dagi faoliyati haqida qisqacha

2021 yilda Jerar bir kalendar yilida klub safida gol urish bo‘yicha «Vilyarreal» rekordini o‘rnatdi.

Moreno «sariq suv osti kemasi» o‘yinchisi sifatida Ispaniya terma jamoasi tarkibidagi samarali harakatlar soni bo‘yicha Joan Kapdevila bilan 1-o‘rinni bilan bo‘lishib turibdi. Shu bilan birga, Jerard «qizil furiya» safida Joanga qaraganda (17/48) deyarli 3 barobar kam o‘yin o‘tkazganini ham ta’kidlash kerak.

Jerar «Vilyarreal»ning La Ligadagi eng yaxshi ham to‘purari hisoblanadi.

2020-21 yilgi mavsumda Jerar La Liga tarixidagi barcha kataloniyalik o‘yinchilarning mavsumdagi rekordini o‘rnatdi.

2020-21 yilgi mavsum yakunida Moreno ketma-ket 2 marta La Liganing eng ko‘p gol urgan ispaniyalik futbolchisiga topshirilgan «Sarr» sovrinini qo‘lga kiritdi.

Jerarning 2020-21 yilgi mavsumdagi barcha musobaqalarda urgan 30 ta goli «Vilyarreal» tarixidagi ikkinchi ko‘rsatkichdir.

Hozirgi «Vilyarreal»da Moreno nafaqat to‘purar, balki jamoaning eng yaxshi assistenti ham hisoblanadi; u jamoasining asosiyiy miyasi, «sariq suvosti kemasi» hujumlarining asosiy yordamchisi. Jerar o‘tgan mavsumda 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. «Vilyarreal» tarixidagi hujumchilar orasida faqat Roberto Soldado bir mavsumda Morenodan ko‘proq assist qayd etgan. To‘g‘ri, o‘zini pleymeyker sifatida ajoyib tarzda ko‘rsatgan Roberto har ikki qobiliyatini ham birdek namoyish eta olamadi. Jerar esa har ikkala rolni ajoyib tarzda birlashtirgan.

Jerar «Vilyarreal» tarixidagi eng samarali tandem hosil qilgan futbolchi ham hisoblanadi. U 2019-20 yilgi mavsumda Santi Kasorla bilan, 2014-15 yilgi mavsumda Lusiano Vyetto bilan va o‘tgan mavsumda Pako Alkaser bilan juda yaxshi juftlik hosil qila oldi.

Xulosa qilib aytganda, Morenoning o‘sishi va rivojlanishida Unai Emeri rolini e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi. Unai yana bir bor hujumchilarni ochish qobiliyatini ko‘rsatdi. Aynan Emerida Edinson Kavani (49 gol), David Vilya (31 gol), Kevin Gameyro (29 gol), Karlos Bakka (28 gol) faoliyatidagi eng sermahsul mavsumlarini o‘tkazgan. Roberto Soldado va Alvaro Negredo Emerining faoliyatidagi ikkinchi eng yaxshi goleador futbolchilar hisoblanishadi. Hozirda bu tarkibni Jerar to‘ldirdi, u Unai qo‘l ostida nafaqat sermahsul to‘purar, balki yetakchi futbolchiga ham aylandi.

Kiritildi: 20:48, 08.04.2022.
O'qildi: 2609 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.