Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/07 06:00 Argentina 1-1 Ekvador
05/07 21:00 Ispaniya - Germaniya
06/07 00:00 Portugaliya - Fransiya
06/07 06:00 Venesuela - Kanada
06/07 21:00 Angliya - Shveysariya
07/07 00:00 Niderlandiya - Turkiya

OCHL. «Nasaf» 9 kishi qolgan «As-Sadd»ni mag‘lub eta olmadi

OCHL. «Nasaf» 9 kishi qolgan «As-Sadd»ni mag‘lub eta olmadi

Baho:
+ | -

Osiyo Chempionlar ligasi «E» guruhi 1-tur uchrashuvlari doirasidagi «As-Sadd» – «Nasaf» o‘rtasidagi bahs yakunlandi. Qiziqarli kechgan uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan tugadi.


Uchrashuvning dastlabki daqiqalari teng kurashlar ostida o‘tdi. 4-daqiqaga kelib, vakillarimiz o‘yindagi ilk standart vaziyatni qo‘lga kiritishdi. Dilshod Saitovning burchak uzatib bergan to‘pini Semir Smaylagich raqib darvozasi tomon yo‘lladi. Ammo, uning zarbasi biroz kuchsiz chiqdi.

11-daqiqada «ajdarlar»ning serbiyalik futbolchisi Smaylagich hakam tomonidan ogohlantirildi.

15-daqiqadan so‘ng o‘yindagi ustunlikni o‘z qo‘liga olgan qarshilik futbolchilar ketma-ket xavfli vaziyatlar yaratishdi. 17-daqiqada Saitovning o‘ng qanot oshirib bergan uzatmasini yana o‘sha Semir raqib darvozasi tomon yo‘naltirdi. Smaylagichning zarbasi raqib darvozasi ustuni yonidan o‘tib ketdi.

22-daqiqaga kelib biroz jonlanib qolgan «As-Sadd» futbolchilari ham Umidjon Ergashev qo‘riqlayotgan darvoza oldida javfli vaziyatlarni yaratishdi. Bag‘dod Buneyja himoyachilarimizni xato qilishga majbur qildi va darvozamiz tomon zarba yo‘lladi. Ammo, jazoirlik futbolchining zarbasiga himoyachilar to‘sqinlik qildi.

27-daqiqada birga-bir vaziyatga chiqib ketgan Shahzod Akramovga nisbatan qo‘pol o‘ynagan Abdulkarim Hassan qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Raqib jarima maydonchasi yaqinidagi standart vaziyatdan Marko Stanoyevich foydalana olmadi. Uning pastlatib yo‘llagan zarbasini Mishaal Barsham osonlik bilan ushlab oldi.

30-daqiqaga kelib vakillarimiz o‘yindagi hisobni ochishdi. Sharof Muhitdinovning burchakdan oshirib bergan to‘pini Pedro Korrea o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi.

Bir kishi ko‘p o‘ynayotgan vakillarimiz hujumkorlikni pasaytirishmadi. 35-daqiqada markazidan reyd uyushtirgan Oybek Bozorov raqib jarima maydonchasiga kirib borib, to‘pni Akmal Mozgovoyga uzatdi. Futbolchimiz raqib darvozasiga zarba berdi, ammo qanot hakami o‘yindan tashqari holatni qayd etdi.

Birinchi taym oxirigacha qatarlik futbolchilar bir qancha xafvli hujumlar uyushtirdi. Ba’zida himoyachilar, ba’zida esa darovzabon Umidjon Ergashev zarbalarni qaytardi.
Shu tariqa birinchi taymda boshqa gol ko‘rmadik va vakillarimiz 1:0 hisobidagi g‘alaba bilan tanaffusga yo‘l oldi.

Ikkinchi taym raqib ustunligida boshlandi va bu o‘yinda ham o‘z aksini ko‘rsatdi. 55-daqiqada qatarliklar burchak to‘pidan so‘ng hisobni tenglashtirishdi. Gol muallifi Bualim Xuhi.

63-daqiqada raqib jamoasi 9 kishi bo‘lib qoldi. 59-daqiqasida dastlabki ogohlantirilgan Pedro Koreyra bir necha daqiqadan so‘ng qarshi hujumga chiqib borayotgan Oybek Bozorovni qo‘pollik bilan to‘xtatib qolgani uchun ikkinchi sariq kartochkani oldi va maydondan chetlatildi.

Ikki kishi kam bo‘lib o‘ynayotgan «As-Sadd» himoyaviyroq o‘yin ko‘rsatishni boshladi. Raqiblar asosan qarshi hujumda o‘z omadlarini sinab ko‘rishdi.

78-daqiqada o‘ng qanotdan hujum uyushtirgan «Nasaf» futbolchilari yana bir xavfli hujum uyushtirdi. Ammo Ivan Solovyov yo‘llagan zarba darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi.

82-daqiqada Qatar klubi vakillari o‘z jarima maydonchasi yaqinida Dilshod Saitovga nisbatan qoida buzdi. Ammo vakillarimiz standart vaziyatdan foydalana olmadi.

84-daqiqada chap qanotdan reyd uyushtirgan Oybek Bozorov darvoza tomon zarba yo‘lladi. Ammo raqib posboni Mishaal Birsham to‘pni osonlik bilan ushlab oldi.

86-daqiqada o‘ng qanotdan Ivan Solovyov to‘pni Norjayevga uzatib berdi. Ammo Husaynning zarbasi biroz kuchsiz chiqdi.

88-daqiqada Marko Stanoyevichning uzoqdan yo‘llagan zarbasi juda xavfli chiqdi. Ammo to‘p darvoza ustuni oldidan o‘tib ketdi.

Taym oxiri to‘liq vakillarimiz ustunligida o‘tdi. Ammo «Nasaf» futbolchilari yaratilgan imkoniyatlardan foydalana olmadi va o‘yin 1:1 hisobidagi jangovar durang bilan yakunlandi.

«As-Sadd» – «Nasaf» - 1:1

Gol: Pedro Korrea – 31 (a.g), Bualim Xuhi – 55

«As-Sadd»: 22.Mishaal Barsham, 2.Pedro Korrea, 3.Abdulkarim Hassan, 5.Jung Vu Yung, 8.Ali Asad, 16.Bualim Xuhi, 15.Akrom Afif (Salim Al Hajri, 80), 17.Gilyerme Torres, 19. Santi Kasorla, 10.Hasan Al Haydos, 11.Bag‘dod Buneyja

Zaxira: 1.Saad Al Shib, 6.Tariq Salmon, 31.YUsuf Abdulloh, 70.Xidir Muhammad, 4.Ahmad Sayyor, 7.Muhammad Vaad Albayati, 12.Rodrigo Tabata, 20.Salim Al Hajri, 9.YUsuf Abdurisag, 13.Abdulla Alyazidi.

«Nasaf»: 1.Umidjon Ergashev, 92. Umarbek Eshmurodov, 8.Dilshod Saitov, 4.Husniddin Aliqulov, 7. Sharof Muhitdinov (Abdurahimov, 67), 2.Alibek Davronov (Solovyov, 74), 20.SHahzod Akramov (Suhrob Nurulloyev, 45), 88.Marko Stanoyevich, 22.Akmal Mozgovoy, 77.Oybek Bozorov, 99.Semir Smaylagich (Norchayev, 54).

Zaxira: 13.Azamat Soyibov, 35.Abduvohid Ne’matov, 23.Sardor Sa’dullayev, 6.Murodbek Rahmatov, 17.Suhrob Nurulloyev, 18.Bahrom Abdurahimov, 27.Zafarmurod Abdirahmatov, 9.Ivan Solovyov, 10.Husayn Norchayev, 70.Asliddin Tursunpo‘latov

Ogohlantirish: Semir Smaylagich (11), Nurulloyev (50), Pedro Korrea (59).

Chetlatish: Abdulkarim Hassan (27), Pedro Korrea (ikkinchi sariq kartochka, 63)

Kiritildi: 00:15, 09.04.2022.
O'qildi: 6396 marta.
Fikrlar: 153 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.