Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli 1-0 Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol 1-1 Al-Ittihod
14/09 21:30 Komo 2-1 Parma
14/09 21:30 Torino 0-2 Roma
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) 1-1 Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya 2-1 Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol 3-0 As-Sadd
14/09 23:45 Inter 5-3 Udineze
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

APL. «Chelsi» avjiga chiqdi, Reshford uchun unutilmas kun va Mauntdan ajoyib natija

APL. «Chelsi» avjiga chiqdi, Reshford uchun unutilmas kun va Mauntdan ajoyib natija

Baho:
+ | -

Angliya chempionati 32-tur uchrashuvlari davom etmoqda.

Biroz avval, "Manchester Yunayted" safarda «Everton» mehmoni bo‘ldi hamda Gordonning goli evaziga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Mazkur bahsda maydonga tushgan Markus Reshford "qizil iblislar" tarkibida Premyer-Ligadagi 200-o‘yinini o‘tkazdi va ushbu natijaga erishgan eng yosh futbolchiga aylandi (24 yosh, 160 kunlik). Bunga qadar rekord Rayan Giggsga (24 yosh, 295 kunlik) tegishli edi.

"Manchester Yunayted" APL doirasida germaniyalik murabbiy Ralf Rangnik boshqaruvidagi 17-o‘yinini o‘tkazdi. Jamoa shulardan 8 bahsda g‘alaba qozongan. Bu manchesterliklarning musobaqadagi istalgan murabbiy qo‘lostidagi eng kam foizli g‘alaba ko‘rsatkichi (47%) hisoblanadi.

Ayni vaqtda «Chelsi» safarda «Sautgempton»ni 6:0 hisobida mag‘lub etmoqda. Mazkur bellashuvdagi birinchi gol 8-daqiqada Markos Alonso tomonidan kiritildi. Unga to‘pni Meyson Maunt uzatib bergandi. Oradan 8 daqiqa o‘tib, angliyalik yarim himoyachining o‘zi nomini tabloga yozdirib qo‘ydi va hisobni 0:2 ko‘rinishiga keltirdi.

Shu tariqa, Mauntning joriy mavsum APLda gol va assist qayd etgan o‘yinlari soni 5taga yetdi. Faqatgina Muhammad Salah joriy mavsumda mazkur ko‘rsatkichni qayd eta olgan.

«Chelsi» 21-daqiqaning o‘zida 3:0 hisobida oldinda borayotgan edi. Bu klubning musobaqa tarixida safardagi o‘yinlaridagi eng tezkor 3 gol farqi bilan oldinda borishi hisoblanadi.

Bahsning 31-daqiqasiga kelib londonliklar «Sautgempton» darvozasiga to‘rtinchi to‘pni ham kiritishdi. Bu mehmon o‘yinida 4 to‘p farqi bilan oldinda borish bo‘yicha APL tarixidagi eng tezkor ikkinchi natija hisoblanadi. E’tiborlisi, birinchi ko‘rsatkich ham aynan «Chelsi» klubiga tegishli. Jamoa 2011 yilning oktyabr oyida «Bolton» maydonida 27-daqiqaning o‘zida 4 gol farqi bilan oldinda borgan.

«Sautgempton» Premyer-Ligadagi ishtiroki mobaynida 21-marotaba bir bo‘limning o‘zida 4 va undan ko‘proq gol o‘tkazib yubordi. Shulardan 7 o‘yin (33%) Ralf Xazenxyuttl boshqaruvida kuzatilgan.


Manba: Opta
Kiritildi: 20:27, 09.04.2022.
O'qildi: 3014 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик