Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton

Allegri: "Jurnalistlar chiroyli o‘yinni talab qiladi, lekin birinchi o‘rinda natijani gapirishadi"

Allegri: "Jurnalistlar chiroyli o‘yinni talab qiladi, lekin birinchi o‘rinda natijani gapirishadi"

Baho:
+ | -

Turinning «Yuventus» klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri «Kalyari» jamoasiga (2:1) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Men mag‘lubiyatni yoqtirmayman, shuning uchun g‘alabalardan keyin yaxshi o‘ynay olmaganim uchun tanqid qilishlarini afzal ko‘raman. O‘tgan yakshanba kuni qanday o‘ynaganimizni hech kim eslay olmaydi, faqat o‘sha «Inter» Skudetto uchun kurashishda davom etayotganini gapirishadi.

Qizig‘i shundaki, siz, jurnalistlar, har doim chiroyli o‘ynashni talab qilasiz, lekin o‘zingiz birinchi bo‘lib faqat natija haqida gapirasiz. «Vilyarreal» bilan o‘yinning 75-daqiqasigacha (0:3) hamma «Yuventus»ning o‘yinini maqtashini aytishdi, ammo turnirdan chiqib ketishimiz bilan o‘yinimizni halokatli deb atadi. Bu bema’nilik, chunki o‘yin emas, faqat natija o‘zgardi.

Men tanqidni tinglashni yaxshi ko‘raman, lekin ba’zilar buni biroz haddan oshirib yuborishadi va bu meni jahlimni chiqaradi.

Gap nafaqat «Yuventus»da, balki umuman futbolda. Umid qilamanki, kelajakda odamlar o‘yinning asoslarini muhokama qilishga qaytadilar: o‘yinchi to‘pni qanday qabul qiladi, u himoyachini qanday aldab o‘tadi va hokazo. Italiya 4 marta Jahon chempionatida g‘olib chiqdi va o‘ziga xos uslubga ega, biroq so‘nggi 15 yil davomida biz Pep Gvardiolaning uslubiga amal qildik va uning o‘zgarganini sezmadik”, - dedi Allegri DAZN nashriga.

Kiritildi: 02:34, 10.04.2022.
O'qildi: 1315 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.