Shanba kuni "Spesiya" safida harakat qilayotgan 28 yoshli darvozabon Ivan Provedel "Empoli"ga qarshi ajoyib o‘yin o‘tkazdi (0:0). Posbon o‘zining seyvlari orqali ligada jon saqlab qolish uchun kurashayotgan o‘z jamoasiga 1 ochkoni taqdim etdi.
La Gazette Dello Sport nashri kiperni turning eng yaxshi futbolchilardan biri deb hisoblab, uning o‘yindagi harakatlarini 7,5 ball bilan baholadi.