«Bavariya» darvozaboni Manuel Noyer YECHL chorak finalida «Vilyarreal»ga qarshi javob o‘yinidan oldingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Jamoalarning Ispaniyadagi ilk uchrashuvi Myunxen klubining 0:1 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlangan edi.
«Jamoamizda ambisiyali futbolchilar ko‘p. Birinchi o‘yindagi mag‘lubiyatdan so‘ng bizga yengil qaramaslik kerak. Biz hali oxirigacha kurashmoqchimiz.
«Vilyarreal» — qarshi hujumlarda kuchli jamoa. Biz hamma narsaga qodir ekanimizni ko‘rsatmoqchimiz. Bizni tribunalardagi muxlislarimiz qo‘llab-quvvatlaydi. Birinchi o‘yinda mag‘lubiyatga uchraganimizdan keyin pley-offda o‘ynash qanday ekanini bilamiz. Biz qo‘rqmaymiz», - deya Noyerning so‘zlarini keltiradi UEYEA matbuot xizmati.