Bugun YECHLda katta bahs bizni kutib turibdi. «Real» o‘z maydonida «Chelsi»ni qabul qiladi. Madridlik istalgan muxlis «Stemford Brijda»dagi 3:1 hisobi endi Ispaniyada ham «qirollik klubi»ga katta yordam berishiga ishonmoqda. Darhaqiqat, jamoa 2021/22 yilgi Chempionlar Ligasi yarim finaliga ancha yaqinlashgan. Biroq ushbu tarix «qirollik klubi»ga ikki noxush holatni eslatadi. Ularda «Real» «Bernabeu»da mehmondagi g‘alabani ushlab qola olmagan va yakunda mag‘lubiyatga uchragan.
Ular ichida birinchi muvaffaqiyatsizlik 1994/95 yilgi mavsumda sodir bo‘ldi, o‘shanda mehmondagi bahs umuman olganda ajoyib edi, ammo Bernabeuda... Xorxe Valdano boshchiligida, shuningdek, tarkibiga Redondo va Kike kabi muhim o‘yinchilarni qo‘shib olgan madridliklar «Barsa»ning to‘rt yillik hukmronligidan so‘ng La Ligada peshqadamlikni qo‘lga kiritishdi. Bu «Bernabeu»da «Barselona» ustidan mashhur 5:0 hisobidagi g‘alaba qozonilgan mavsum edi va o‘sha o‘yin Samoranoning ajoyib kechasiga aylanib ketgan.
Jamoa UYEFA kubogida favorit hisoblanib, birinchi bosqichdayoq Figu allaqachon yulduz darajasiga chiqib ketgan edi. Portugaliyaning «Sporting» klubini, undan keyin esa Moskvaning «Dinamo»sini mag‘lub etgan «qaymoqranglilar»ni nisbatan kamtarroq ko‘ringan «Odense» kutib turardi. Birinchi o‘yinda (3:2) hisobida mag‘lub bo‘lgan Daniya klubi ikkinchi bosqichda jiddiy qarshilik ko‘rsata olmaydigandek tuyuldi. Biroq, ikkinchi o‘yinda daniyaliklar o‘ziga ishongan madridliklarni Pedersen va Bisgarning gollari bilan hayratda qoldirdilar (90-daqiqa). O‘z maydonida mag‘lubiyatga alamini totib ko‘rgan «Real» shu tariqa chempionlik uchun imkonyatdan mahrum bo‘ldi. Keyingi bosqichda esa «Odense»ni mag‘lub etgan «Parma» yakunda kubokni qo‘lga kiritdi.
Shu sababli madridliklar «Chelsi»ga qarshi javob o‘yiniga ancha jiddiy ruhiy tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lsa ajab emas. Bu kabi holatlarga yana boshqa misollarni keltirish uchun u qadar uzoqqa borish kerak emas. Bu 2018/19 yilgi mavsumdagi YECHLda ham sodir bo‘lgan va bu safar Yevropaning shimolidagi boshqa bir jamoa - Gollandiyaning «Ayaks» klubi katta sahnaga chiqdi. Chempionlar ligasining ketma-ket 3 ta o‘yinida g‘alaba qozongan jamoa ko‘pchilikni hayratga soldi. O‘shanda «Real» «Yoxan Kroyf Arena»da 2:1 hisobida raqibidan ustun kelgan edi.
O‘yindan so‘ng Ramos bilan bog‘liq qiziq voqea sodir bo‘ldi: sardor javob o‘yiniga diskvalifikasiya qilinib, chorak finalga hech qanday kamchiliklarsiz yetib kelish maqsadida ataylab sariq kartochka oldi. Biroq u yakunda o‘z maqsadiga erisha olmadi. «Ayaks» «Bernabeu»da «Real»ni yirik hisobda mag‘lub etdi (1:4). Seshanba kuni «Chelsi» bilan o‘ynaydigan ko‘plab futbolchilar o‘sha bahsda alamli mag‘lubiyatdan jabr chekishgan: Kurtua, Karvaxal, Nacho, Kroos, Modrich, Benzema, Vinisius...
Bu borada yana bir uchrashuvni eslash mumkin. 2017/18 yilgi mavsumda Turinda «Yuventus» ustidan qozonilgan 3:0 hisobidagi g‘alaba madridliklarga yarim final yo‘llanmasini kafolatlagandek bo‘lgan edi. Biroq, «qirollik klubi» Ramossiz javob bahsida maydonga tushdi va bu uning pozisiyasida juda ko‘plab jiddiy xatolarni keltirib chiqardi. Natijada «Yuve» barchani hayratga solgan holda «Bernabeu»da uch gol farqini yo‘qqa chiqardi. Biroq so‘nggi daqiqalarda iroda namoyish eta olmadi. Benatiya tomonidan Lukas Vaskesga nisbatan ishlatilgan fol turinliklar darvozasiga so‘nggi daqiqada penalti belgilanishiga sabab bo‘ldi va buni Krishtianu aniq amalga oshirib, jamoasini keyingi bosqichga olib chiqdi. Biroq ushbu qaltis hisob «Real» muxlislarini xavotirga solgani bor gap.