Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Samvel Babayan: “Biz uchun raqibning farqi yo‘q”

Samvel Babayan: “Biz uchun raqibning farqi yo‘q”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi guruh bosqichi, 2-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Dinamo” (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezmbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi.

- Ko‘p marotaba ta’kidlab o‘tganimdek, barcha jamoalar “Navbahor”ga qarshi o‘zgacha ishtiyoqda maydonga tushadi va biz uchun oson o‘yinlar yo‘q. Bugungi g‘alaba bilan klubimiz muxlislarini tabriklagan holda, yigitlarga “Dinamo” autsayder bo‘lishiga qaramay, butun uchrashuv davomida hushyorlikni yo‘qotmagan holda, o‘yinni nazorat qilishgani uchun minnatdorchilik bildiraman. To‘g‘ri, shogirdlarim ko‘plab qulay vaziyatlardan foydalana olishmadi. Shunday bo‘lsada, ta’kidlaganimdek, yigitlar o‘yinni nazorat qila olishdi.

Yana shuni ham aytish lozimki,“Dinamo” tarkibidagi futbolchilar ko‘pchilikka notanish bo‘lishiga qaramay, murabbiy imzosi bilinib turibdi. Samarqandliklarning o‘yinlarini tahlil qilib, shunga guvoh bo‘ldikki, jamoa Superliga va O‘zbekiston kubogi doirasidagi bahslarda raqiblarga munosib qarshilik ko‘rsata olgan va mag‘lubiyatga loyiq bo‘lmagan. Bir so‘z bilan aytganda, “Dinamo” yaxshi jamoa hamda keyingi o‘yinlarda nimalarga qodirligini namoyish eta oladi.

Yana bir marta g‘alaba bilan “Navbahor” muxlislarini tabriklab, shunday ruhda davom etamiz, degan umiddaman.

- Ehsoni Panshanbe va Andrey Sidorov nega maydonga kam tushishmoqda?

- “Navbahor”da xohlagan paytda maydonga tusha oladigan ajoyib futbolchilar bor va ulardan birortasini alohida ajratib ko‘rsatishni istamayman. Ushbu o‘yinchilar qatorida zaxira o‘rindig‘idan o‘rin olgan boshqa futbolchiarni ham tilga olish mumkin. Payti kelib, ular maydonga tushib, jamoamizga yordam beradilar. Asosiysi, hozirgi vaqtda “Navbahor”ning har bir pozisiyasida sog‘lom raqobat mavjud bo‘lib, teng kuchli bo‘lgan ikkita tarkibga egamiz va qaysi futbolchi o‘yinga tayyor bo‘lsa, o‘sha maydonga tushadi.

- Bugun “Navbahor” “Qizilqum”ga qarshi kechgan bahsdagi kabi yorqin o‘yin namoyish eta olmadi. Futbolchilar keyingi, “Neftchi” bilan bo‘ladigan “vodiy derbisi” uchun kuchlarini saqlashdimi?

- Bu fikringizga qo‘shilmayman. Boisi, yigitlar yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi, ammo ko‘p gol ura olishmadi. Yuzaga kelgan barcha vaziyatlardan foydalanganimizda, taassurotlar o‘zgacha bo‘lardi, albatta. Yigitlar ta’kidlaganimdek, o‘yin nazoratini o‘z qo‘llarida ushlab turishdi. Raqib futbolchilari darvozamiz oldida birortayam xavfli vaziyat yarata olishmadi.

O‘z o‘rnida shuni ham ta’kidlamoqchimanki, u derbi bo‘ladimi yoki yo‘qmi, biz uchun raqibning farqi yo‘q. Boisi, aytib o‘tganimdek. barcha jamoalar “Navbahor”ga qarshi o‘zgacha kayfiyatda maydonga tushadi. Maqsadimiz “Navbahor”ning brendini tiklash, top klublar qatoriga qaytarish. Shu bois, har bir bahsda maydonga g‘alaba qozonish ishtiyoqida tushamiz.

- Bugungi o‘yinda hujumlar yakuniga yetmadi. Buni nima bian izohlaysiz?

- Birinchi bo‘limda hujumlar ancha keskin tus oldi. Ammo 2-bo‘limda haqiqatan ham hujumlar unchalik o‘xshamadi. Bu esa hisobning qaltisligi va bosim bilan bog‘liq. Boisi, raqib tushunarsiz hujum uyushtirish orqai tasodifan gol urib qo‘yishi ham mumkin edi. Islom Kenjaboyev zaxiradan maydonga tushganidan so‘ng, hujumdagi keskinlik kuchayib, yigitlar o‘shanda yuzaga kelgan vaziyatlardan foydalanishganida, kamida 3 ta gol urgan bo‘lardik.

To‘g‘ri, hujum chizig‘ida barqarorlik yo‘q. Ammo bugungi bahsning boshlang‘ich tarkibida maydonga tushgan futbolchilar ro‘yxatiga e’tibor bergan bo‘lsangiz, ulardan bor-yo‘g‘i ikki nafari o‘tgan mavsumda “Navbahor”da o‘ynagan yigitlar. Qolgan 9 nafari esa yangi futbolchilar. Ularning maydonda o‘zaro tushunishlari uchun esa biroz vaqt kerak. O‘zbekiston kubogi bahslari bizga aynan shuning uchun shart. Superliganing 3-turidan so‘ng, Toshkentda “Paxtakor”ga qarshi kechadigan muhim uchrashuv oldidan chempionatda katta tanaffus yuzaga keldi. Bu esa o‘sha o‘yinga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Hujumda barqarorlik yuzaga kelishi uchun hali yana ko‘p mehnat qilishimiz lozim.

- Yegor Krimes qachon maydonga qaytadi?

- Yegor umumiy guruhda shug‘ullanib, jarohatidan tiklanmoqda hamda yuklamalarni bajarmoqda. Tarkimizdan 4 nafar markaziy himoyachi joy olgan va bu biz uchun omad. Aytganimdek, jamoamizda sog‘lom raqobat mavjud va kim o‘yinga tayyor bo‘lsa, o‘sha maydonga tushadi. Krimes O‘zbekiston milliy terma jamoa a’zosi. Yegor joriy mavsum davomida jamoamizga hali ko‘p asqotadi.

- Azimjon Ahmedov jarohatidan forig‘ bo‘ldimi?

- Ahmedov jarohatdan keyingi tiklanish mashqlarini bajarmoqda. U asosiy tarkib o‘yinchisi va tezroq safimizga qaytishini kutyapmiz, - dedi Samvel Babayan.

Kiritildi: 01:38, 13.04.2022.
O'qildi: 1116 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.