Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

Nagelsmann: "Birinchi o‘yin hal qiluvchi bo‘ldi"

Nagelsmann: "Birinchi o‘yin hal qiluvchi bo‘ldi"

Baho:
+ | -

Myunxenning «Bavariya» klubi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann «Vilyarreal» jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tgan bahs haqida fikr bildirdi.

Myunxenliklar umumiy hisobda (0:1, 1:1) mag‘lubiyatga uchrab, Chempionlar ligasining 1/4 finalidan o‘ta olmadi.

“Birinchi o‘yin hal qiluvchi bo‘ldi. O‘shanda biz qarama-qarshilikda mag‘lub bo‘ldik.

Birinchi o‘yinda yaxshi o‘yin ko‘rsatmagan bo‘lsak, bugun juda yaxshi o‘ynadik. Taktika va shiddatlilik nuqtai nazaridan bu oxirgi oylardagi eng yaxshi o‘yinlarimizdan biri bo‘ldi.

Musiala birinchi bo‘limni juda yaxshi o‘tkazdi. Ikkinchi bo‘limda Myuller hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirishi kerak edi. Bu 100 foizli vaziyat edi, bunday vaziyatlar tez-tez sodir bo‘lmaydi.

Raqib juda intizomli va juda chuqur himoyalandi. Ular bizning darvozamizga gol kiritishgan paytda biz tartibsizlikka tushib qoldik" - dedi Nagelsmann Amazon Prime nashriga.

Kiritildi: 04:31, 13.04.2022.
O'qildi: 1714 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик