Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Emeri Chempionlar Ligasida ham e’tiborga sazovor bo‘lgan jamoa tuza oldi

Emeri Chempionlar Ligasida ham e’tiborga sazovor bo‘lgan jamoa tuza oldi

Baho:
+ | -

Kecha Chempionlar Ligasi chorak finalidan o‘rin olgan ikkita uchrashuv bo‘lib o‘tdi va ulardan birida kutilmagan natija qayd etildi.

La Liga vakili «Vilyarreal» kutilmaganda Myunxenda «Bavariya» bilan 1:1 hisobida durang natija qayd etib, Nagelsmann jamoasini musobaqadan chiqarib yuborgan holda yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi. Birinchi uchrashuvda 1:0 hisobi qayd etilganidan xabaringiz bor.

E’tiborlisi, jamoaning holati u qadar yaxshi emas. Ispaniya klubi so‘nggi 6 uchrashuvda ikkitadan g‘alaba, durang va mag‘lubiyat qayd etgan. Shu ikki g‘alaba «Yuventus» (3:0) hamda «Bavariya» (1:0) klublariga qarshi o‘yinlarda kiritildi.

Ispaniya chempionatida Emeri jamoasi 46 ochko to‘plagan holda 7-o‘rinda bormoqda. O‘zidan bir pog‘ona yuqorida joylashgan "Real Sosedad" hisobida esa 54 ochko mavjud. Chempionat yakunlanishiga 7 tur qolgan. Klubning La Ligadagi keyingi o‘yinlari «Xetafe», «Valensiya», «Alaves», «Sevilya» jamoalariga qarshi bo‘ladi.

Bundan nima xulosaga kelish mumkin? Jamoa bor e’tiborini Yevropa Chempionlar Ligasiga qaratmoqda. O‘tgan mavsum Yevropa Ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritgan klub joriy mavsum Chempionlar Ligasi yarim finalida katta ehtimol bilan «Liverpul» yoki «Benfika»ga to‘qnash keladi.

Unai Emeri 3 marta «Sevilya», bir marotaba «Vilyarreal» bosh murabbiyi sifatida Yevropa Ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritgan. Endilikda, ispaniyalik mutaxassis Chempionlar Ligasi g‘olibligi uchun katta qadam tashlamoqda. To‘g‘ri, yarim finalda oson bo‘lmaydi. Ammo, jamoaning shu bosqichga qadar yetib kelgani, «Yuventus» va «Bavariya» kabi klublarni musobaqadan chiqarib yuborgani ham katta va kutilmagan natija hisoblanadi.

«Bavariya»ga qarshi bahsda Danjuma katta sahnaga chiqqan bo‘lsa, kecha Myunxenda ko‘pchilik Chukueze nomini eslab qoldi. Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deya topilgan Raul Albiol esa bir paytlar «Real» sharafini himoya qilgan va hozirda ikkinchi yoshlik davrini "sariq suvosti kemasi"da o‘tkazmoqda. Jamoada Parexo, Moreno, Pau Torres, Lo Chelso kabi nomlar bo‘lsa ham, ular Robert Levandovski darajasida emas. Shuning uchun, bu mavsum kashfiyoti sifatida «Vilyarreal»ni e’tirof etish mumkin bo‘lsa kerak.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:12, 13.04.2022.
O'qildi: 1571 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.