Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 3-0 Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor 3-1 Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro 3-2 Andijon
09/10 19:30 Nasaf 2-1 Dinamo
10/10 00:00 Malaga 1-1 Espanyol
10/10 16:30 Arsenal - Lids
10/10 17:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
10/10 18:00 Qizilqum - Surxon
10/10 19:00 Aston Villa - Brentford
10/10 19:00 Chelsi - Bornmut
10/10 19:00 Ipsvich - Fulhem
10/10 19:00 Sanderlend - Brayton
10/10 19:15 Alaves - Atletiko
10/10 21:30 Man. Yunayted - Tottenhem
10/10 21:30 Barselona - Xetafe
11/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal
11/10 16:00 OKMK - Navbahor
11/10 16:00 So‘g‘diyona - Lokomotiv
11/10 17:00 Elche - Selta
11/10 18:00 Kristal Pelas - Nottingem Forest
11/10 18:00 Xall Siti - Everton
11/10 19:15 Real Sosyedad - Deportivo
11/10 20:30 Liverpul - Manchester Siti
11/10 21:30 Betis - Osasuna
12/10 00:00 Rasing - Valensiya

Bahodir Shaymardonov: "Pro-liga o‘yinlari Superligadan qolishayotgani yo‘q"

Bahodir Shaymardonov: "Pro-liga o‘yinlari Superligadan qolishayotgani yo‘q"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi musobaqasining guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan "Mash’al" - "G‘ijduvon" (0:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Bahodir Shaymardonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Bugun qiziqarli uchrashuv guvohiga aylandik. Har ikki jamoa butun o‘yin davomida faol harakat qildi. Bugungi o‘yinda ishtiyoqimiz baland edi, Muborakka g‘alaba istagida kelgandik. Vaziyatlar yaratayapmiz, ammo yakuniy zarbalarda kamchiliklarimiz borligi ko‘rinib qoldi. Ishlashda davom etamiz. Nasib bo‘lsa keyingi turda astoydil harakat qilib navbatdagi bosqich masalasini hal etamiz degan umiddamiz.

- Bugun "Mash’al" ko‘rsatgan o‘yindan ularga keyingi bosqich zarur emasdek ko‘rindi. Sizningcha, mezbonlar bugun o‘yinda 2-tarkib bilan harakat qildimi?

- Boshqa jamoaning taktik sxemasi haqida gapirish niyatim yo‘q. Uyda o‘ynagan har bir jamoa g‘alaba uchun o‘ynaydi. Raqibda ham, bizda ham golli vaziyatlar bo‘ldi. Faqat bu vaziyatlardan ikki jamoa ham foydalana olmadi.

- Siz va "G‘ijduvon" oldiga qanday maqsad qo‘yilgan?

- Jamoamiz bu yildan Pro-ligada ishtirok etayapti. Oldimizda kuchli va raqobatbardosh jamoani shakllantirish vazifasi turibdi. O‘zlaring ko‘rib borayapsizlar, hozirda Pro-ligada o‘yinlar Superligadan qolishayotgani yo‘q. Har bir ochko oltinga teng deb hisoblayman. Klubimiz rahbariyati, xomiylar astoydil harakat qilishayapti, bizda jamoani yanada kuchaytirish uchun hamma sharoitlar bor. Bu yilgi maqsadimiz chempionatni kuchli beshlikda yakunlash.

- Bugun "G‘ijduvon" ochiq futbol ko‘rsatdi. "Qo‘qon-1912"ga qarshi o‘yindagi yirik mag‘lubiyatdan so‘ng bu kabi tavakkal qilishga cho‘chimadingizmi?

- "Qo‘qon-1912" bilan o‘yinda vaziyat biz kutmagan tarzda bo‘ldi. Birinchi bo‘limda turli taktikalarni sinab ko‘rishga majbur bo‘ldik. Aytganimdek, majburan himoyani kuchaytirdik. Ikkinchi bo‘limda barchasini o‘z o‘rniga qo‘yib oldik va o‘yinimiz sifati o‘zgardi.

- Bugungi o‘yinda darvozabon majburan almashtirildi. Ayni damda uning xolati qanday?

- Darvozabonimiz tirsak qismdan ozroq jarohat olibdi. Shu sababdan uni almashtirishga majbur bo‘ldik. Hozirda darvozabon xolati yaxshi, xavotirli joyi yo‘q.

Manba: "Машъал" матбуот хизмати
Kiritildi: 23:26, 13.04.2022.
O'qildi: 1066 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик