"Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone «Manchester Siti» futbolchilarini vaqtni cho‘zish uchun maydonga yotib olavergani uchun ularni olqishladi.
Chempionlar ligasining chorak final javob o‘yini «Atletiko» – «Manchester Siti» (0:0) o‘yinini boshqarib borgan Daniel Zibert futbolchilar o‘rtasidagi ketma-ket kelishmovchiliklar tufayli ikkinchi bo‘limga 12 daqiqa qo‘shib berdi.
«Atletiko» bosh murabbiyi germaniyalik hakamni olqishlab, ingliz klubi futbolchilari vaqt cho‘zib, har bir to‘p uchun kurashda yiqilib tushishayotganini ta’kidladi.
100-daqiqada Simeone o‘yin tugamagan paytda maydonga tushdi va raqib futbolchilarini kinoya bilan olqishladi, buning uchun bosh hakam tomonidan sariq kartochka oldi.