Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya 0-1 Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano 2-1 Granada
15/05 23:45 Brayton 1-2 Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis
17/05 00:30 Almeriya - Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli

Inglizlar tomonidan amalga oshirilgan super kambeklar yodingizdami?

Inglizlar tomonidan amalga oshirilgan super kambeklar yodingizdami?

Baho:
+ | -

Buyuk Britaniya jamoalari tarixan raqobatbardosh bo‘lgan. Ular ishtirokidagi bahs doimo emosiyalarga boy o‘tardi. Xususan, kecha Tomas Tuxel boshchiligidagi "Chelsi" g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqishiga bir bahya qolgandi. Ammo bunday bo‘lmadi. Tarixda esa aynan yirik hisobda ortda qola turib, ikki o‘yin hisobini yutib ketgan ingliz klublari anchagina. Quyida ana shunday davrlarning bir nechtasini yodga olamiz.

"Milan" va "Liverpul"– 3-3 (penalti)

Hammaga ma’lum va mashhur bo‘lgan o‘sha Istanbul finali. 2005 yilda bo‘lib o‘tgan o‘yinning birinchi bo‘limida Italiya klubi 3 ta gol farqi bilan oldinda borayotgan edi. Ammo 90 daqiqadan keyin Jerrard va uning sheriklari hisobni 3-3 ga yetkazdi. Ekstra-taymlardan keyin, penaltilar seriyasi bo‘lib o‘tadi. Unda esa "Liverpul" 3-2 hisobida g‘alabaga erishib, chempionlikni nishonlaydi.

"Arsenal" va "Barselona" – 2-1

So‘zsiz, "Arsenal" o‘sha payt, 2011 yilda eng yaxshi "Barselona"ga duch kelgandi. Ammo o‘yin davomida buni bildirmaydi. Tarkibida Xavi, Buskets, Inyesta, Messi, Vilya hamda boshqa kuchli futbolchilari bor kataloniyaliklar, Londondagi bahda qariyb 80-daqiqagacha bir to‘p farqi bilan oldinda boradi. Ammo 79 daqiqadagi van Persining goli sukunatni buzib tashlaydi. David Villaning birinchi bo‘limdagi goli allaqachon yo‘qqa chiqqandi. 86 daqiqada Arshavin tomonidan kiritilgan to‘p kombekni ta’minlaydi. Shunday qilib, "Barselona" taslim etiladi.

"MYU" va "Bavariya" – 2-1

Shubhasiz, YECHL tarixidagi durdona finallardan biri aynan ushbu jamoalar o‘rtasida, 1999 yilda kechadi. O‘yinning 91 daqiqasiga qadar "Bavariya" 1 to‘p farqini saqlab keladi. Ammo bu vaqtga kelib, hisob o‘zgaradi. Bekxemning uzatmasini Teddi Sheringem golga aylantirdi. Oradan bir daqiqacha o‘tib, "MYU"da yana bir burchak to‘pi yuzaga keldi. Bu safar katta sahnaga Ole-Gunar Sulsher chiqdi. Shunday qilib, qandaydir 3 daqiqa ichida 2 ta gol urib, "qizil iblislar" chempionga aylanadi.

"Liverpul" va "Barselona" – 4-0

2019 yilda ikki o‘yindan iborat yarim final bahsi o‘tkaziladi. O‘sha paytda butun dunyo "Barselona"ning bir oyog‘i bilan finalda ekaniga ishonardi. Negaki, "Kamp Nou"da kechgan o‘yin Messi boshchiligidagi jamoaning 3-0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugagan. Ammo javob uchrashuvi uchun Yurgen Kloppda maxsus rejalar bor edi. Ha, uning jamoasi Muhammad Saloh va Firminosiz qolgandi. Shunga qaramay, sehrli "Enfild" mersisaydliklarga ilhom baxsh etadi. Divok Origining erta hisobni ochishi va Viynaldumning dubli, umumiy hisobning tenglashishiga sabab bo‘ladi. O‘yin oxirlayotgan pallada esa Origi yana bir bor katta sahnaga chiqib, hisobni 4-0 ko‘rinishiga keltiradi. O‘shanda jamoa sardori Jordan Xenderson o‘yin haqida shunday degandi: "Kiyim almashtirish xonasidagi g‘alabaga ishonch juda ham kuchli edi. Biz maydonda vaziyatni o‘zgartirishimizni bilardik. Buni epladik!".

"Chelsi" va "Napoli – 4-1

2012 yilda "Chelsi"da ham "Liverpul"nikiga o‘xshash hodisa yuz beradi. Andre Villash-Boash shogirdlari Neapol shahridan 3-1 hisobida mag‘lubiyatga uchrab qaytadi. Shu sabab bosh murabbiy ishdan olinadi. O‘rniga esa Di Matteo olib kelinadi. Londondagi o‘yin Drogba, Terri va Lempardning gollari bilan ekstra-taymgacha boradi. Bu davrda Branislav Ivanovich tomonidan kiritilgan gol, "Chelsi"ni chorak finalga yetaklaydi. O‘sha mavsumda "aristokratlar" finalgacha borib, "Bavariya"dan bosh sovrinni tortib olgan edi. Shunday qilib, 2012 yili "Chelsi" o‘zining ilk YECHL titulini qo‘lga kiritadi.

 


Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 09:06, 14.04.2022.
O'qildi: 2953 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.