Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Ravshan Ermatov O‘zbekiston U-16 terma jamoasi yig‘iniga tashrif buyurdi

Ravshan Ermatov O‘zbekiston U-16 terma jamoasi yig‘iniga tashrif buyurdi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, ayni kunlarda O‘zbekiston U-16 terma jamoasi yangi murabbiy - Jamoliddin Rahmatullayev boshchiligida Toshkentda yig‘in o‘tkazmoqda. Mazkur jamoa oldida bir qator muhim turnirlar kutib turibdi. Xususan, vakillarimiz joriy yilda Osiyo chempionati saralash bosqichida muvaffaqiyatli qatnashishi, shuningdek, 2023 yil o‘tkaziladigan U-17 Jahon chempionatida ishtirok etishi maqsad qilingan.

O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov mazkur nufuzli musobaqalarga tayyorgarlik rejalari bilan tanishish, yangi murabbiylar shtabi va futbolchilar bilan suhbatlashish maqsadida mashg‘ulotlarga tashrif buyurdi.

Uchrashuvda O‘FA tomonidan futbolchilarimizning oldinda turgan turnirlarga sifatli va tizimli tayyorgarlik ko‘rishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berilishi ma’lum qilindi.

Ravshan Ermatov futbolchilar bilan suhbatda mazkur turnirlarga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish, buning uchun har kuni o‘z ustida ishlash zarurligini ta’kidlab, terma jamoa a’zosi bo‘lish har bir futbolchi uchun sharaf va azaliy orzusi ekanligiga e’tibor qaratdi. Bu borada hozirdanoq professionalizm, intilish va mehnatsevarlikni o‘zida mujassam qilib borish kerakligini aytdi.

Ushbu jamoani musobaqalarga tibbiy, jismoniy, ruhiy, texnik va taktik tomondan tayyorgarlik olib borish bo‘yicha murabbiylarga topshiriqlar berildi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 09:41, 14.04.2022.
O'qildi: 1406 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.