Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«Yuventus» kolumbiyalik futbolchisi bilan yangi shartnoma imzolaydi

«Yuventus» kolumbiyalik futbolchisi bilan yangi shartnoma imzolaydi

Baho:
+ | -

«Yuventus» himoyachisi Xuan Kuadrado keyingi mavsumda ham jamoada qoladi. Italiyalik jurnalist Fabrisio Romanoning yozishicha, kolumbiyalik futbolchining shartnomasida 2022/23 yilgi mavsum oxirigacha avtomatik ravishda uzaytirish bandi faollashtirilgan.

Shu bilan birga, «Yuventus» haligacha Kuadrado bilan amaldagi shartnomada ko‘rsatilgan shartlardan qoniqmayapti. Klub shartnomani yanada uzaytirish, shuningdek, maoshlarni kamaytirish niyatida. Yaqin orada «keksa sinyora» bu masalada kelishib olish uchun kolumbiyalik bilan gaplashishi kerak.

Shuningdek, «Yuventus» o‘zining zaxira darvozaboni Mattia Perin bilan 3 yillik shartnoma borasida amalda kelishib olgani qayd etilgan.

Kiritildi: 16:00, 14.04.2022.
O'qildi: 886 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик