Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Yevropa Ligasi. Tugadi! "Barselona"ning turnirdagi ishtirok ham tugadi, "mag‘lubiyatsiz seriyasi" ham tugadi

Yevropa Ligasi. Tugadi! "Barselona"ning turnirdagi ishtirok ham tugadi, "mag‘lubiyatsiz seriyasi" ham tugadi

Baho:
+ | -

Yevropa Ligasining 1/4 final javob uchrashuvida "Barselona" o‘z maydonida Germaniyaning "Ayntraxt" klubini qabul qildi.

Uchrashuvga bo‘lgan qiziqish juda yuqori edi. Sababi, dastlabki uchrashuvda nemislarning ko‘rsatgan o‘yinlari ko‘pchilikda yaxshi taassurot qoldirgandi, qolaversa, "Barselona"ning so‘nggi paytlardagi omadli yurishi ushbu o‘yinning darajasini ko‘tarib yuborgandi.

Biroq, germaniyaliklar "Kamp Nou"da juda erkin o‘ynashdi, "Barselona"dan ko‘ra yaxshiroq o‘yin namoyish etishdi. Xavi shogirdlarining o‘yinning so‘nggi daqiqada ko‘rsatgan o‘yini ularni musobaqada qolishlari uchun yetarli bo‘lmadi.

Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 2:4 hisobida mag‘lub bo‘lgan kataloniyaliklar turnir bilan xayrlashdi.

"Barselona" – "Ayntraxt" 2:3

15 aprel, 00.00, «Kamp Nou»

Gollar: 0:1 – 4, penalti Kostich, 0:2 – 36 Borre, 0:3 – 67 Kostich, 1:3 – 90 Buskets, 2:3 – 90, penalti Depay.

"Barselona" – ter Stegen, Mingesa (Dest, 62), Arauxo, Erik Garsiya (de Yong, 70), Alba, Buskets, Pedri (de Yong, 46), Gavi, Obameyang (Traore, 61), Dembele, Ferran Torres (Depay, 80).

"Ayntraxt" – Trapp, Xinteregger, Ture, Ndika, Knauff, Kostich, Rode (Xrustich, 80), Kamada, Yakich, Lindstrem (Xeuge, 80), Borre (Axe, 90).

Ogohlantirishlar: Erik Garsiya (3), Yakich (24), Gavi (28), Xrustich (83), Dembele (90), Ndika (90), Knauff (90).

Chetlatish: Ndika (90).

Dastlabki uchrashuv – 1:1

Kiritildi: 01:58, 15.04.2022.
O'qildi: 3839 marta.
Fikrlar: 96 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик