Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

"Kiyinish xonasiga kirsa o‘ldiraman!" Biz bilgan va bilmagan Paolo Di Kanio

"Kiyinish xonasiga kirsa o‘ldiraman!" Biz bilgan va bilmagan Paolo Di Kanio

Baho:
+ | -

Bugun futbolchilik faoliyatida katta shov-shuvlar keltirib chiqargan italiyalik sobiq futbolchi Paolo Di Kanio haqida fikr yuritamiz.

90-yillar oxirida Paolo Di Kanio "Seltik"dagi eng yaxshi mavsumdan so‘ng Angliya Premyer-ligasiga ko‘chib o‘tdi. Italiyalik futbolchi "Sheffild Uensdey" klubiga kelib qo‘shildi. Biroq, u Angliyada yorqin o‘yini bilan emas, balki shov-shuvli nayranglari bilan ko‘proq yodda qoldi. Di Kanio bosh murabbiy Pol Atkinson bilan janjallashdi, murabbiyi Di Kanioni o‘yinda yetarlicha professional bo‘lmaganlikda aybladi, bu hatto kiyinish xonasida ham janjalgacha yetib keldi.

Maydonda Paolo hissiyotlarini jilovlay olmadi. Masalan, 1998 yilning sentyabrida Di Kanio hakam Pol Elkokka "Arsenal"ga qarshi o‘yinda qizil kartochka ko‘rsatgani uchun uni turtib yubordi. Italiyalik qattiq jazolandi - 11 o‘yinga diskvalifikaciya qilinib, uch oyga futbolsiz qoldi.

Ammo Paolo "Vest Xem" klubiga o‘tganida o‘zining ezgu harakati bilan hayratda qoldirdi. Bu esa butun Angliyani shov-shuvli futbolchini kechirishga majbur qildi.

Di Kanio "Everton"ga qarshi o‘yinda bo‘sh darvozaga gol ura olmadi, garchi u jamoaga g‘alaba keltirishi mumkin bo‘lsa ham. Nega?

2000 yilning dekabr oyida "Vest Xem" "Gudison Park"da durang o‘ynadi, ammo o‘yinning so‘nggi daqiqalarda londonliklar g‘alaba qozonishlari mumkin edi. Hisob 1:1 bo‘lib turgan pallada mehmonlar futbolchisi Frederik Kanut londonliklar darvozaboni Pol Jerrard bilan to‘qnashib ketdi. Ma’lum bo‘lishicha, darvozabon noqulay yiqilgan va jarohat olgan. Shunga qaramay, o‘yin davom etdi va to‘p “Everton” jarima maydonchasida navbatchilik qilayotgan Di Kanioga kelib tushdi. Italiyalik futbolchi bo‘sh darvozaga gol urishi kerak edi, biroq u to‘satdan qo‘llari bilan to‘pni ushlab oldi va barmog‘i bilan maydonda yotgan Jerrardga ishora qildi.


“Bunday vaziyatlarda tez tibbiy yordam muhim rol o‘ynaydi. Birinchi soniyalarda jabrlanuvchining yonida bo‘lgan malakali fizioterapevt jiddiy shikastlanishning oldini oladi. Darvozaga zarba berganimda, himoyachilardan biri zarbani to‘sib olsa va to‘p o‘yinda qolsa, qimmatli oltmish-to‘qson soniyalar yo‘qolgan bo‘lardi.

Men maydonda bo‘lganimda raqib mening o‘lik dushmanim ekanligini qayta-qayta aytganman. Ammo o‘sha paytda men Jerrardni raqib sifatida ko‘rishni to‘xtatdim va u shunchaki mening hamkasbim, professional akam ekanligini esladim, u faoliyatini muddatidan oldin tugatish va agar shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, daromadidan mahrum bo‘lishi mumkin edi.

Faqat bitta variant bor edi: o‘yinni darhol to‘xtatish. Hamma nima bo‘lganini anglab etgach, "Gudison Park" qarsaklar ostida portladi. Bir muncha vaqt o‘tgach, ular meni olqishlayotganini anglab etdim", - deb yozadi Di Kanio o‘zining tarjimai holida.

2001 yilda Paoloning bu harakati FIFA tomonidan yuqori baholandi - Syurixda unga FIFA "feyr-pley" mukofotini topshirdi. Di Kanio prezident Yozef Blatterning olqishiga sazovor bo‘ldi va FIFAning o‘sha paytdagi prezidenti futbolchiga “tashkilot va barcha vijdonli futbol muxlislari nomidan haqiqiy halol o‘yin ruhida qilingan bu ajoyib harakat uchun” minnatdorchilik bildirdi.

Biroq, italiyalikning bu harakati hammani ham qoniqtirmadi. O‘shanda "Vest Xem"ni boshqargan Xarri Rednapp Di Kanioni jamoadoshlari kiyinish xonasida o‘ldirishga tayyor ekanliklarini aytgandi.

“O, Xudoyim, o‘yin tugashiga besh daqiqa qolganida Di Kanio “Everton” stadionida to‘pni ushlab olgan kun... Bizga ochkolar juda zarur edi va u gol urish o‘rniga, Jerrardga yordam berish maqsadida to‘pni ushlab oldi!

Men o‘yladim va o‘zimga aytdim: "U nima qildi? Styuart Pirs (“Vest Xem” himoyachisi) kiyinish xonasiga baqirib kirib: “Meni undan uzoqroq tuting, men uni o‘ldiraman, o‘ldiraman, boshini kesib tashlayman!”- dedi.

Ikki daqiqadan so‘ng, men Sky Sports telekanalida jonli efirda intervyu berishim kerak edi. Jurnalist menga: “Futbol uchun qanday ajoyib kun”, dedi. Men unga o‘yin unchalik yaxshi emasligini aytdim! Keyin u iborani aytdi: "Di Kanio, buyuk sportchi, siz u bilan faxrlanishingiz kerak". Men uning gaplariga qo‘shildi, lekin biz uni o‘ldirmoqchi ekanligimizni aytdim" - deb eslaydi Rednapp.

2004 yilda Paolo Italiyaning "Lasio" klubiga qaytib keldi. Rimda matbuot uni fashistik qarashlarda aybladi. Gap shundaki, Di Kanio urilgan gollarni "Rim salyuti" bilan nishonlashni boshladi va uning tanasida Duche (Benito Mussolini kiygan unvon) yozuvi tushirilgan tatuirovka bor edi. Qolaversa, Paolo italyan diktatoriga hayratini hech qachon yashirmagan.

Faoliyatini tugatganidan keyin Di Kanio Angliyaga murabbiy sifatida qaytdi. U “Suindon” klubida ish boshladi va mavsum yakuniga ko‘ra, jamoani uchinchi divizionga tushirib yubordi. Keyin esa “Sanderlend” klubida muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Hozir Paolo ko‘proq Italiya OAVlarida mutaxassis sifatida faoliyat olib bormoqda. Di Kanio van Deyk va Lukakuni tanqid qilmoqda, shuningdek, Dibala "Yuventus"da Vlaxovich uchun hujumda ideal sherik deb hisoblamoqda.

Kiritildi: 23:57, 15.04.2022.
O'qildi: 3837 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.