Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Diyor Imomxo‘jayev «Bunyodkor» - «Surxon» o‘yini haqida fikr bildirdi

Diyor Imomxo‘jayev «Bunyodkor» - «Surxon» o‘yini haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Coca-cola kubogi 2-turining eng yaxshi va jonli o‘yini kecha Toshkentda bo‘ldi. Bunyodkor mehmoni bo‘lgan "Surxon" tajribali raqibga nafaqat ochiq futbol taklif qildi, balki raqibidan yaxshiroq o‘ynadi ham. "Surxon" g‘alabaga haqli edi.

Bu yerda bizni qoyil qoldirayotgan jihat — murabbiy Anhel Lopes. Chunki unda mavsumga tayyorgarlik ko‘rish va futbolchilarni saralash uchun hatto bir hafta ham imkoniyat bo‘lmadi. Shundan kelib chiqilsa, u deyarli yo‘qdan bor qilyapti, deyish mumkin. Qisqa fursat ichida jamoa o‘yiniga buncha yaxshi ta’sir ko‘rsatish hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi.

Kechagi uchrashuvda hisobga olinmagan gol masalasida o‘zimiz ham saharlikkacha bahslashdik. Albatta, biz hakam emasmiz, uning qarorini muhokama ham qilmaymiz. Biroq har qanday holatga xuddiki muxlislar kabi o‘z fikrimizni bildiramiz, talashamiz, tortishamiz.

Fikrimcha, hakam o‘sha epizodni inobatga olmasa, o‘yinni juda yaxshi boshqardi. Unda holatga qayta murojaat etish uchun VAR ham yo‘q edi. Hakam to‘g‘ri qildimi yoki yo‘q — muhokama tugamaydi. Bunday muhokamalar butun dunyoda bor. Maydonda "Real" o‘ynaydimi, "Siti"mi yoki "Surxon" — ahamiyati yo‘q. Bahs va munozara futbolning bir qismi.

Biz "Surxon" muxlislaridan sabrli bo‘lishlarini so‘raymiz. Chunki Anhelda yozda jamoani bir qadar kuchaytirish uchun imkoniyat bo‘ladi. Jamoa to‘g‘ri yo‘nalishga tushishga harakat qilyapti va mana shu harakatlarni bosqichma-bosqich kuzatishning o‘zi futbolni yanada jonli qiladi.

Diyor Imomxo‘jayev.

Manba: https://t.me/diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 12:56, 16.04.2022.
O'qildi: 2381 marta.
Fikrlar: 19 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик