Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/01 20:00 Vyetnam 2-2 Janubiy Koreya
24/01 00:45 Inter 6-2 Piza
24/01 01:00 Levante 3-2 Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Xitoy - Yaponiya
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul
25/01 00:45 Lechche - Lasio
25/01 01:00 Vilyarreal - Real Madrid
25/01 16:30 Sassuolo - Cremonese
25/01 18:00 Atletiko - Malyorka
25/01 19:00 Atalanta - Parma
25/01 19:00 Jenoa - Bolonya
25/01 19:00 Nyukasl - Aston Villa
25/01 19:00 Brentford - Nottingem Forest
25/01 19:00 Kristal Pelas - Chelsi
25/01 20:15 Barselona - Real Ovyedo
25/01 21:30 Arsenal - Man. Yunayted
25/01 22:00 Yuventus - Napoli
25/01 22:30 Real Sosyedad - Selta

Yangilangan Liga kubogi musobaqasi qayta tiklanmoqda

Yangilangan Liga kubogi musobaqasi qayta tiklanmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Shu yilning 31 mart kuni O‘zbekiston Professional futbol ligasining yangi saylangan Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tganidan xabaringiz bor. Unda so‘nggi bor 2019 yilgi mavsumda o‘tkazilgan Liga kubogi musobaqasini 2022 yilgi mavsumdan boshlab davom ettirish masalasi ham ko‘rildi, - deb xabar beradi PFL matubot xizmati

Sir emaski, 2022 yilgi mavsum uchun Osiyo Futbol Konfederasiyasi tomonidan murakkab taqvim tuzib chiqildi. Avvalgi yillardagi pandemiya sabab qator musobaqalarni kechiktirishga majbur bo‘lgan Konfederasiya, endilikda maksimal darajada ularni o‘tkazishga harakat qilyapti.

Shuningdek, O‘zbekiston futbol assoasiasiyasi U-23 Osiyo chempionatini qabul qilishga qaror qilgan. Qo‘shimchasiga, Osiyo kubogining saralash uchrashuvlari ham O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi. Superliga ishtirokchisi bo‘lgan “Olimpik” futbol klubining qator futbolchilari qit’a chempionatiga jalb etiladi.

Buning oqibatida Superliga hamda Pro liga klublarida ayni futbol o‘ynaydigan oylarda katta tanaffuslar yuzaga keladi. Bizda iyun oyining dastlabki 15 kunligida ichki musobaqalarni tashkil etish imkoniyati mavjud emas. Iyul oyidagi issiq ob-havo ham yana bir muammoni vujudga keltiradi.

Qo‘shimchasiga, “Olimpik” futbolchilari asosini tashkil etuvchi O‘zbekiston termasi sentyabr oyida Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlarida qatnashishi rejalashtirilgan. Bunga FIFA kunlari ham ulanib ketadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, O‘zbekiston Professional futbol ligasi Ijroiya qo‘mitasi Liga kubogi musobaqasini tiklash zarurati mavjud degan qarorga keldi. Biz mazkur musobaqaga qo‘shni respublikalar jamoalarini jalb etishga ham urinib ko‘ramiz. Yakunda ishtirokchilarning aniq sonidan kelib chiqib, musobaqa formatini shakllantiramiz.

Mazkur musobaqa va unga aloqador boshqa yangiliklardan futbol jamoatchiligini bosqichma-bosqich xabardor qilib boramiz, deya qo‘shimcha qilinadi xabarda.

Kiritildi: 13:51, 16.04.2022.
O'qildi: 2178 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.