Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

"Real" afsonalari boshqa jamoada, Yashin Ispaniyada... Tarixga ta’sir qiluvchi transferlar top-10

"Real" afsonalari boshqa jamoada, Yashin Ispaniyada... Tarixga ta’sir qiluvchi transferlar top-10

Baho:
+ | -

Futbol transferlar bilan ham qiziq. Ayniqsa amalga oshgan transferlar jamoaga yangicha rux va uslubni olib keladi. Ammo, shunday transferlar borki, ular amalga oshmagan. Ushbu transferlar ushalganda, tarix boshqacha bo‘lardi. Albatta bular siz uchun qiziq. Quyida bir-biridan qiziqrli amalga oshmagan transferlar, ularning vujudga kelishi va tarixga qanday ta’sir o‘tkazishi mumkinligi haqida bilib olasiz.

Alfredo Di Stefano

Transfer: “Milonarios”dan “Barselona”ga

Qachon: 1953 yil

U qayerga keldi: “Real Madrid”

Bu qanday bo‘lgan edi. Keling, uzoqdan boshlaylik. 50 yillarning boshlarida dunyoning eng kuchli klubi Kolumbiyaning “Milonarios”i edi. Yulduz argentinaliklar 1948 yilda futbolchilarning ommaviy ish tashlashi natijasida o‘z ligalarini tark etib, u o‘sha jamoaga ketishgandi. Ular orasida Alfredo Di Stefano ham bor edi. 1951 yilda FIFA tegishli ruxsatisiz o‘yinchilarni jalb qilgani uchun Kolumbiya futbolining barcha turlarini taqiqlab qo‘ydi. Kolumbiya terma jamoasi 1954 yilgi jahon chempionatini o‘tkazib yubordi, argentinaliklar esa sekin-asta boshqa chempionatlarga yo‘l olishdi.

“Milonarios” o‘sha paytda FIFA tomonidan tan olinmaganligi sababli, "Barselona" Di Stefanoni transferi borasida sobiq jamoasi "River Pleyt"ga murojaat qildi. Argentinaliklar ruxsat berishdi, kolumbiyaliklar veto qo‘yishdi, futbolchining o‘zi esa Kataloniyaga qochib ketgan va hatto “Barsa” safida bir nechta o‘rtoqlik o‘yinlarida ishtirok etgan edi. Ammo Ispaniya futbol federasiyasi fikricha: barcha tomonlar, jumladan, “Milonarios”  ham ruxsat berishi kerak edi. Kolumbiyaliklar esa shartnoma bo‘yicha futbolchi ularga pul qarzi borligini da’vo qilishdi. Bu yerda “Real Madrid” sahnaga chiqdi va kerakli 1,5 million pesetani to‘ladi (“Barselona”ning Riverga bergan 4 millioni kuygan edi).

Ispaniya federasiyasi bu vaziyatda eng tasodifiy harakat qildi. Birinchidan, u har qanday legionerlarni sotib olishni taqiqlashni joriy qildi, keyin esa "Real" va "Barsa"ga galma-gal futbolchiga ega bo‘lishni taklif qildi - bir mavsum poytaxtda, ikkinchisi Kataloniyada. "Barselona" rahbariyati dovdirab, 4 million pesetani qaytarib berishni so‘radi va shartnomadan voz kechdi. Mavsum boshlanganidan ikki hafta o‘tib, oxirigacha chidagan “Real Madrid” “El Klasiko”da Di Stefanoni maydonga tushirdi va 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Buning ortidan ketma-ket beshta yevrokuboklarda madridliklar zafar kuchishdi.

Nima bo‘lishi mumkin edi: hozirgi "Real Madrid" Krishtianu Ronaldusiz besh yil ichida to‘rtta Chempionlar ligasini yutishi mumkinmidi? Di Stefano bilan ham xuddi shunday. Uning transferi vaqtida "Barselona" amaldagi chempion bo‘lgan va poytaxt klubi deyarli 20 yildan beri La Ligada g‘olib chiqmagan edi.

Di Stefano bilan Barsa qanday ko‘rinishga ega bo‘lardi? Yevropa kubogi allaqachon 1955 yilda paydo bo‘lgan bo‘lar edi. O‘shanda kataloniyaliklar hujumchilarning eng kuchli duyeti Di Stefano - Kubalaga ega bo‘lardi va birozdan keyin jamoani o‘sha davrning eng yaxshi murabbiyi Helenio Errera boshqarib, chuqur pleymeyker Luis Suaresning ulkan salohiyatini ochib berdi. Bu butun o‘n yil davomida yengilmas sulola bo‘lishi mumkin bo‘lgan.

Lev Yashin

Transfer: “Dinamo Moskva”dan “Real Madrid”ga

Qachon: 1960 yil

U qayerda qoldi: "Dinamo"da qoldi

Bu qanday sodir bo‘lgan. Sovet darvozaboni Yevropa chempionligini hayotining eng yaxshi chog‘ida - 31 yoshida qo‘lga kiritdi. 1960 va 1961 yillarda Yashin "Oltin to‘p" uchun TOP-5 nomzodlar qatoridan joy oldi. SSSR terma jamoasining Parij finalidagi “oltin goli” muallifi Viktor Ponedelnik aytganidek, Madrid klubi prezidenti Santyago Bernabeu Yevro g‘oliblariga Fransiyada bo‘lganlaridayoq shartnoma taklif qilgan.

“Faqat o‘sha kunlarda vaziyat qanday edi: delegasiyamiz rahbari aralashdi. Sovet futbolchilari o‘z klublari bilan shartnoma imzoladilar, dedi u shirin jilmayib. Men ham faqat tabassum qila olardim, chunki Sovet Ittifoqida sportchilar uchun shartnomalar yo‘q edi ", - deb eslaydi Ponedelnik.

Don Santyago Bernabeu Yashin taklif qilingan shartnomaga istalgan summani kiritishi mumkinligi haqidagi keng tarqalgan ertakni jiddiy izohladi: «Aslida men uning uchun har qanday narxni to‘lashga tayyorman. Biroq, har qanday narx juda past bo‘ladi, chunki janob Yashinning narxi yo‘q.

1965 yilda Yashin Germaniyaning Neuyes Deutschland sosialistik gazetasiga bergan intervyusida transfer bo‘yicha takliflar olganini tasdiqladi. «G‘arbda klublar bir-biridan odam sotib oladi va klub va futbolchi o‘rtasidagi munosabatlar futbolchiga to‘lanadigan maosh bilan cheklanadi. Lekin men “Dinamo”da o‘sganman. Men esa “Dinamo”ga sodiq qolaman. Futbolchilar o‘z klublariga sodiq qolishlari kerak, fanatik emas, balki ularning vatanparvarlari bo‘lishlari kerak ", dedi sovet darvozaboni.

Nima bo‘lishi mumkin edi: 1963 yilda Yashin kommunistik mamlakat darvozaboni sifatida "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritdi. Qiziq, Lev Ivanovich o‘z davrining eng kuchli klubi futbolkasida seyv qilganida qancha "Oltin to‘p" sohibi bo‘lardi? 1960 yildan beri "Real Madrid" to‘qqizta Ispaniya chempionatidan sakkiztasida g‘alaba qozondi va 1966 yilda g‘alaba qozonguncha ikki marta MSK finalida mag‘lub bo‘ldi.

Bundan tashqari, aynan 1960 yilda "Real Madrid" uzoq muddatli asosiy darvozabon va jamoa sardori Xuanito Alonsoni tark etgan edi. O‘zidan mahorat bo‘yicha pastroq bo‘lgan Xose Visente Treyn keyinchalik Zamora kubogini uch marta qo‘lga kiritdi, chunki butun "Real Madrid" himoyada yaxshi o‘ynadi. So‘nggi chegarada Lev Yashin bilan Madrid klubi Yevropadagi gegemonligini yana o‘n yilga uzaytirishi mumkin edi.

Raul

Transfer: "Atletiko" yoshlar jamoasidan "Atletiko" kattalar jamoasiga

Qachon: 1992 yil

 u qayerga o‘tdi: "Real Madrid" yoshlar jamoasiga

Bu qanday sodir bo‘lgandi. 1992 yilda "Atletiko"ning taniqli prezidenti Xesus Gil pulni tejash maqsadida yoshlar akademiyasidan qutulishga qaror qildi va butun bir guruh iqtidorli bolalarni ko‘chaga uloqtirdi. 15 yoshli Raul "Real Madrid" maktabiga o‘qishga bordi, bir necha yildan so‘ng u muxlislarning kumiriga aylandi.

Nima bo‘lishi mumkin edi: Akademiyaning favqulodda tugatilishi bilan ham Gil ko‘p kuch va pul sarflangan bolalarni saqlab qolish yo‘lini topa oldi. Ijaraga olish, huquqlarni saqlab qolgan holda boshqa maktabga o‘tkazish.

Raul albatta "Atletiko" bazasiga yo‘l olgan bo‘lardi. U "Real Madrid"da ham tug‘ma iqtidori emas, balki mehnat qilish qobiliyati tufayli qoldi. "Raul o‘n balga loyiq emasdi, lekin uni har tomonlama sakkiz yarim deb baholash mumkin edi", - deb eslaydi Fernando Yerro keyinchalik.

Davomi bor.

 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 07:00, 17.04.2022.
O'qildi: 4273 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.