Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 00:00 PSJ 0-1 Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid 2-1 Bavariya
10/05 23:45 Frozinone - Inter
11/05 00:00 Nissa - Gavr
11/05 00:00 Brest - Reyms
11/05 00:00 Alaves - Jirona

Benzema «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritadi, agar «echki» xalaqit bermasa...

Benzema «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritadi, agar «echki» xalaqit bermasa...

Baho:
+ | -

Shu bugun "Oltin to‘p" topshirilsa-yu, unda sizning ovozingiz hal qiluvchi ahamiyat kasb etsa kimga ovoz berardingiz? Agar ichingizdagi biror alohida bir futbolchiga bo‘lgan hisni bosib o‘tolsangiz, menimcha Karim Benzema nomzodingiz bo‘ladi.

35 yoshli fransuz oxirgi yillar "Real"ni yelkasida olib yurgani rost, oxirgi oylar esa yelkasiga olganicha yurmayapti... yugurmoqda – La liga va Chempionlar ligasida titul qo‘lga kiritish yo‘lida yugurmoqda.
 
Karim Mustafo Benzema – 1987 yil asli kelib chiqishi jazoirlik bo‘lgan oilada dunyoga keldi. Hafid va Vohidaning jami 8 nafar farzandi bor. 8 yoshida mahalliy bolalar jamoasi bilan "Lion" akademiyasiga qarshi o‘yinda 2 ta gol urgan qahramonimizning ota-onasiga aynan shu akademiya mas’ullari darhol taklif bilan chiqadi. U akademiyaga jinoyatchilik urchigan mavze vakili bo‘lgan, ortiqcha vaznli bolakay sifatida kelgandi. Avvaliga bu yerdagi ba’zi tengdoshlari Karimning ustidan kulishga urinishadi. Murabbiylardan birining aytishicha, u bir kuni baland ovozda – kecha ko‘chada futbol o‘ynab yurgandim, mana endi bu yerdaman, ertaga esa maydondagi o‘rningizni ham olib qo‘yaman, shuning uchun keldim bu yerga – deb aytadi ustidan kulishga uringan sherigiga qarata. Xarakteri bor edi o‘shandayoq uning.

"Lion"da futbolchi bo‘lib shakllangan Benzemada bir hujumchi uchun zarur hamma xislat bor edi. 18 yoshda asosiy jamoada debyut qilgan vaqtida Fransiya U-17 terma jamoasida allaqachon Yevropa chempioniga aylanib bo‘lgandi. U vaqtlar "Lion"ning oltin davrlariga to‘g‘ri kelib, klub Fransiyada gegemon edi. Tasavvur qilishingiz uchun – bugungi "PSJ"danda gegemonroq.

Benzemani Zidanga qiyoslay boshlashlari uchun ko‘p muddat kerak bo‘lmadi. 2009 yilda u ham Zidan singari "Real Madrid" bilan taqdirini bog‘ladi. Faqat buyog‘iga u taxminan o‘n yil soyada bo‘ldi. U bilan birga klubga kelgan Ronaldu barchaning diqqat markazida edi, albatta. Shu bilan birga Benzema – so‘nggi 13 yilda "Real"ning istalgan bosh murabbiyida asosiy tarkib futbolchisi bo‘lgan. Shunday davr bo‘lganki, uni imkoniyatlarda foydalana olmaslikda, no‘noqlikda ayblashgan. Biroq, Karimning hatto o‘sha vaqtlardagi statistik ko‘rsatkichlari kishini ajablantiradi. Joriy mavsum u "Real" tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchilar ro‘yxatida Alfredo Di Stefanodan o‘tib, 3-o‘ringa ko‘tarildi. Raulning natijasi ham tez orada yangilanishi kutilmoqda.
 
Uchinchi bir afsona Luis Ronaldo esa yaqinda shunday dedi: "Benzema "Oltin to‘p"ni olishi kerakligi haqida ancha oldin aytganman. O‘shanda meni tanqid qilishgandi. Endi qarang u nima qilyapti. Benzema buyuk hujumchi!"
 
Ha, Ronaldo haq. Karim" Oltin to‘p"ga munosib. Mashhur filmda aytilganidek, "agar echki (G.O.A.T) xalaqit qilmasa", ko‘p ehtimol bu yil mukofotni qo‘lga kiritadi ham.

Orif Tolipov.

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 11:50, 17.04.2022.
O'qildi: 13976 marta.
Fikrlar: 46 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.