Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/01 01:00 Valensiya 1-2 Real Madrid
04/01 17:30 Tottenhem - Nyukasl
04/01 19:00 Venetsiya - Empoli
04/01 20:00 Bornmut - Everton
04/01 20:00 Aston Villa - Lester
04/01 20:00 Kristal Pelas - Chelsi
04/01 20:00 Sautgempton - Brentford
04/01 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
04/01 22:00 Fiorentina - Napoli
04/01 22:30 Brayton - Arsenal
05/01 00:45 Verona - Udineze
05/01 16:30 Monsa - Kalyari
05/01 19:00 Fulhem - Ipsvich
05/01 19:00 Lechche - Jenoa
05/01 21:30 Liverpul - Man. Yunayted
05/01 22:00 Torino - Parma

De Vreyni chuv tushirmoqchi bo‘lishgan edi, lekin o‘xshamadi

De Vreyni chuv tushirmoqchi bo‘lishgan edi, lekin o‘xshamadi

Baho:
+ | -

«Inter» himoyachisi Stefano de Vrey sobiq agentlarini sudga berib, deyarli 5 million yevro undirdi. Ular uning maoshini qisqartirish orqali yuqori komissiya olishgani aytilmoqda.

Bu mavsum A Ceriya uchun kurash bizga hayajonli intriga taqdim etdi. Uning asosiy da’vogarlari «Milan» va «Inter» hisoblanadi. «Milan» hali ham ikki ochko farqi bilan oldinda, ammo «Inter»da esa bitta qo‘shimcha o‘yin mavjud. Bu borada hech narsa hal bo‘lmagan. Yaqinda Stefan de Vrey hayotida unga chempionlik uchun kurashish ma’naviy kuch bag‘ishlashini ta’kidladi. Gap shundaki, sud qaroriga ko‘ra, unga 4,75 million yevro miqdorida tovon puli tayinlangan - uni futbolchining sobiq agentlari to‘lashi kerak.

Xo‘sh bu yerda nima sodir bo‘ldi?

2021 yilda futbolchi «Lasio»dan «Inter»ga o‘tish vaqtida uning vakili bo‘lgan Sports Entertainment Group (SEG) agentligiga qarshi da’vo arizasi bilan chiqdi. De Vrey SEGni «Inter» bilan maxfiy bitim tuzganlikda aybladi, bunda ular Stefanning maoshini qisqartirishdan 7,5 million yevro komissiya olganliklari aytilmoqda.

Agentlik de Vreyga ushbu transfer bo‘yicha muzokaralarda har ikki tomon nomidan ish olib borayotgani haqida xabar bermagan. 7,5 million yevrolik komissiyadan tashqari agentlik 2 million yevro ham oldi, biroq bu haqda ham gollandiyalik futbolchi hech narsa bilmagan. Bundan tashqari, SEG futbolchiga uning kelajakdagi transferi uchun olishi mumkin bo‘lgan 7,5 foizlik komissiya haqida aytmagan.

Agentlik ushbu holatlarni futbolchiga oshkor qilishga majbur edi, ammo yakunda bu bajarilmagan. De Vrey haqli ravishda SEGning xatti-harakati uni noqulay ahvolga solib qo‘yganini ta’kidladi: agar agentlik haqiqatan ham muzokaralar davomida uning manfaatlarini himoya qilganida «Inter» unga ko‘proq maosh to‘lagan bo‘lar edi. Bu yerdagi muhim tafsilot shundan iboratki, endi de Vreyning manfaatlarini Mino Rayola himoya qiladigan bo‘ldi.

Stefan 2018 yilning yozida erkin agent sifatida «Inter»ga o‘tgan edi. Keyin La Gazzetta Dello Sport Milan klubida u yiliga 4,2 million yevro miqdorida bonuslar olishini xabar qildi. Shartnoma besh yilga imzolandi.

Malumot uchun, Sports Entertainment Group 2000 yilda tashkil etilgan Gollandiya agentligi hisoblanadi. Uning mijozlari orasida «PSV» sardori Kodi Gakpo, «Atalanta» yarim himoyachisi Martin de Ron, «Nissa» hujumchisi Kasper Dolberg va «Ayaks» himoyachisi Deyli Blind ham bor. SEG biznesi faqat futbol bilan cheklanmaydi. Agentlik shuningdek, velosport va musiqa sanoatini ham qo‘llab quvvatlaydi.

Joriy mavsumda Stefan muntazam ravishda «Inter»da o‘ynab kelmoqda. Umuman olganda, u 2623 daqiqani maydonda o‘tkazdi, 32 o‘yinda hatto bitta gol ham kiritdi. Mushaklarning charchoqlari tufayli de Vrey noyabr va dekabr oyidagi o‘yinlarning bir qismini o‘tkazib yubordi, mart oyida esa oyoq suyagidan jarohat olib, ikkita o‘yinda qatnashmadi. Biroq himoyachiga talab hamon eng yuqori darajada bo‘lib turibdi. Fevral oyida italiyalik insayder Nikolo Skira futbolchiga «Barselona» qiziqayotgani haqida xabar bergan edi.

Kiritildi: 20:00, 17.04.2022.
O'qildi: 1817 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.