Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/11 01:00 Monako 2-3 Benfika
28/11 01:00 Aston Villa 0-0 Yuventus
28/11 01:00 Bolonya 1-2 Lill
28/11 01:00 Seltik 0-0 Bryugge
28/11 01:00 Dinamo Zagreb 0-3 Borussiya D
28/11 01:00 Liverpul 2-0 Real Madrid
28/11 01:00 PSV 3-2 Shaxtyor
28/11 15:00 Istern 1-4 Sidney
28/11 15:00 Chonbuk Motors 4-0 Sebu
28/11 17:00 Kaya–Iloilo 1-1 Sanfrechche Xirosima
28/11 17:00 Jechjiang 4-2 Lion Siti Seylors
28/11 17:00 Selangor 1-2 Muangtong Yunayted
28/11 19:00 Port 2-2 Persib
30/11 00:45 Kalyari - Verona
30/11 01:00 Brayton - Sautgempton
30/11 01:00 Malyorka - Valensiya
30/11 18:00 Barselona - Las-Palmas
30/11 19:00 Komo - Monsa
30/11 20:00 Brentford - Lester
30/11 20:00 Kristal Pelas - Nyukasl
30/11 20:00 Nottingem Forest - Ipsvich
30/11 20:00 Vulverhempton - Bornmut
30/11 20:15 Alaves - Leganes
30/11 22:00 Milan - Empoli
30/11 22:30 Vest Xem - Arsenal
30/11 22:30 Espanyol - Selta

Ten Xag kelsa, Ronaldu «Manchester Yunayted»dan ketadimi? Nega KriRo niderlandiyalik mutaxassis uslubiga mos kelmaydi?

Ten Xag kelsa, Ronaldu «Manchester Yunayted»dan ketadimi? Nega KriRo niderlandiyalik mutaxassis uslubiga mos kelmaydi?

Baho:
+ | -

Krishtianu Ronaldu bizga yana o‘zini qanday futbolchi ekanligi haqida gapirishga majbur qiladi. Krishning «Norvich»ga qarshi o‘yindagi xet-triki portugaliyaliklarning kuchi, o‘ziga xosligi va professionalligi haqida gapirishga yana bir bor gapirishga sabab bo‘ldi.

Ammo KriRoning so‘nggi o‘yinlari ham «Manchester Yunayted» va futbolchi atrofidagi mish-mishlarni kamayishiga olib kelmadi. Erik ten Xag Britaniya matbuotida bir necha kundan beri muhokama qilinmoqda. Bir qator ingliz va golland nashrlari keyingi mavsumdan boshlab «Ayaks» ustozi «Amsterdam Arena»ni «Old Trafford»ga almashtirishi haqida turli xil xabarlarni tarqatmoqda. Oxirgi matbuot anjumanlarida ten Xagdan «Manchester Yunayted»ga o‘tishi haqida uch marta so‘rashdi va hatto ba’zi jurnalistlar uni tabriklashga ham ulgurdi. Javob esa odatiy: «Men hozirda bor e’tiborimni «Ayaks»ga qaratganman».

Matbuotda Erikning tayinlanishi kelasi hafta e’lon qilinishini va u iyuldan ishga kirishishini yozishmoqda. Jamoa tarkibi va murabbiyning transfer siyosatiga ta’siri borasidagi muzokaralar tafsilotlari ham OAVda tez-tez paydo bo‘lmoqda. Ammo boshqa mish-mish barchasidan oshib tushdi. Daily Star nashri xabariga ko‘ra, Ronaldu bo‘lajak bosh murabbiyning rejalariga kiritilmagan. Taxminlarga ko‘ra, ten Xag allaqachon Krishtianu uning o‘yin uslubiga to‘g‘ri kelmasligi va xayrlashmoqchi bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatida portugaliyalikning borligi haqida xabarlar ham tarqaldi.

Ha, ha, biz «Manchester Yunayted»ning tirik afsonasi va 37 yoshida Premyer-liga to‘purarlari ro‘yxatida uchinchi o‘rinni egallab turgan, hamda bu mavsumda jamoani oldinga tortayotgan futbolchi haqida gapirmoqdamiz. Bu amalga oshishi mumkinmi? Ammo Daily Star yangiliklarini «fake news» deyishga shoshilmang. Aslida Ronalduning ketishi mumkinligiga bir qancha sabab bor.

Nega Ronaldu ten Xagga kerak emas?

«Manchester Yunayted» yangi bosh murabbiy nomzodi bo‘yicha uzoq vaqt tanlov qildi. Ralf Rangnik dastlab vaqtinchalik murabbiy sifatida tayinladi. Keyinchalik esa Luis Enrike, Xulen Lopetegi, Zinedin Zidan va ten Xag kabi murabbiylar bilan muzokara o‘tkazdi.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, «Manchester Yunayted» gollandiyalik mutaxassis nomzodida to‘xtagan. Ten Xag hech qachon top-klublarda ishlamagan, top darajadagi futbolchilarni shug‘ullantirmagan va qimmat xaridlarni amalga oshirmagan. Erikning o‘yini intensivlik va bosimga urg‘u beradigan uslubdir. Aynan shu bo‘yicha «Ayaks» 2018/19 yilgi Chempionlar Ligasida ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Shuningdek, joriy mavsumda ham guruhdan 100 foizlik natija bilan keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Biz asosiy savolni o‘rtaga qo‘yamiz. Ten Xagning jamoasida pressing har doim o‘yinning asosi bo‘lib kelgan. «Ayaks» futbolchilari «to‘psiz ishlash» atamasi bilan sinonimdir. Yuqori jamoaviy o‘yin va kuchli jismoniy tayyorgarlik orqali Amsterdam klubi hatto Yevropaning eng kuchli jamoalarini ham qiynab qo‘yadi. «Ayaks» Chempionlar ligasining guruh bosqichini eng yuqori bosim - 7,9 PPDA (PPDA statistikasi jamoaning yuqori bosimining chastotasi va samaradorligini ko‘rsatadi) qayd etdi. Bu «Siti», «Liverpul», «Chelsi» va boshqa kuchli jamoalarnikidan ham yaxshiroq natija hisoblanadi.

Pressing esa Ronalduning eng katta muammosi. Yillar davomida KriRo qanot hujumchisidan jarima maydonchasi ichiga uzatib berilgan to‘pga zarba beradigan, burchak zarbalarida ham judafoydali va golni yaxshi seza oladigan hujumchi hisoblanadi. Ushbu komponentlarning darajasi tufayli Ronaldu 37 yoshida ham Yevropaning eng yaxshi hujumchilaridan biri bo‘lib qolmoqda. Ammo bu ten Hag uchun yetarli emas. Unga o‘yinning ko‘p qismida to‘psiz yugurishga tayyor bo‘ladigan va o‘yinning ko‘p qismida shu tempni ushlab turadigan hujumchi kerak.

Afsuski, Ronaldu hozir buni uddalay olmayapti. Krishtianu har bir o‘yinda 7,4 foiz pressing harakatini amalga oshiradi va bu ko‘rsatkichga ko‘ra, Yevropaning top-5 ligasidagi eng yomon hujumchilarning qatoriga kiradi. Taqqoslash uchun, «Ayaks»to‘purari Sebastyan Allerda 16,9 foiz pressing bilan o‘ynagan. Aller bu orqali Erediviziya va Chempionlar ligasining eng yaxshilari qatoridan joy olgan.

Albatta, hech narsani inkor etib bo‘lmaydi va ehtimol ten Xag Ronalduning kuchsiz pressingli o‘yinidan ham qanday foydalanish yo‘lini topar. Ammo hozircha bunga ishonish qiyin.

Variantlar qanday?

«MYU»ning transferlariga ten Xagning ta’siri haqida mish-mishlar tarqalalmoqda. So‘nggi yillarda «qizil iblislar»ning transferlari juda ham betartib bo‘lib qolgan. Avvalo, murabbiy tarkibni jiddiy o‘zgartirishi va futbolchilarni o‘z uslubiga moslashtirishi kerak. Ulardan biri «Benfika» hujumchisi Darvin Nunyes bo‘lib, urugvaylik futbolchi uchun «Manchester Yunayted» katta pul ajratishga tayyor.

Amsterdam klubi ikki marta ten Xag bilan Chempionlar ligasida ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Manchester klubi ham shunga o‘xshash natijalarni qayd etishi uchun yangi bosh murabbiyning fikrini to‘liq tinglashlari kerak. Shuningdek, vaqt, sabr va sarmoya ham talab qiladi.

Ronaldu jamoadan ketadimi?

Agar ten Xag asosiy yulduzni tarkibga qo‘shmoqchi bo‘lsa, uning uchun o‘z tizimini qurbon qilishi yo Krish zaxira o‘rindig‘ida qoldirishi yoki zaxira hujumchisi rolini bajarishi kerak.

«Manchester Yunayted» hozir qiyin ahvolda. Bir tomondan, Portugaliya terma jamoasi hujumchisi qiyin mavsumda jamoaga ochko olib keladigan ajoyib futbolchi, yetakchi va to‘purar hisoblansa, boshqa tomondan, KriRo tizimli murabbiyning o‘yin uslubiga haqiqatan ham unga to‘g‘ri kelmaydi. Shuningdek, Ronalduning ketishi «qizil iblislar»ning imijiga ham ta’sir o‘tkazishi aniq.

Lekin shuni ham ta’kidlash kerakki, agar «MYU» YECHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa, Ronaldu «qizil iblislar» safida qoladi va har qanday holatda ham gol urishda davom etishi mumkin. Chunki Ronaldu juda ham tajribali futbolchi va murabbiyga moslashib o‘ynashni juda yaxshi uddalaydi.

Kiritildi: 23:14, 17.04.2022.
O'qildi: 7073 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.