Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

"Navbahor" - "Neftchi". O‘zaro o‘yinlarda qaysi jamoa ustun? (Prevyu)

"Navbahor" - "Neftchi". O‘zaro o‘yinlarda qaysi jamoa ustun? (Prevyu)

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogining guruh bosqichi, 3-turidan o‘rin olgan bahsda “Navbahor” o‘z maydonida Farg‘onaning  “Neftchi” jamoasini qabul qiladi.

Mamlakatimizning eng sovrindor klublari qatoridan joy olgan mazkur jamoalarning O‘zbekiston kubogi tarixidagi natijalariga nazar soladigan bo‘lsak, “Navbahor” billur sovrinni 3 marta – 1992, 1995 va 1998 yillarda qo‘lga kiritgan hamda 1993 yili final ishtirokchisiga aylanib, hal qiluvchi bahsda “Paxtakor”ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergan.

“Neftchi” esa 2 marta – 1994 hamda 1996 yillarda O‘zbekiston kubogi sohibiga aylangan hamda ushbu musobaqaning 5 karra (1997, 1998, 2001, 2002, 2005) finalchisi hisoblanadi.

E’tiborlisi, farg‘onaliklar O‘zbekiston kubogining hal qiluvchi bahsida to‘rt marta “Paxtakor”dan, bir marta “Navbahor”dan mag‘lubiyatga uchrashgan.

1998 yilgi O‘zbekiston kubogi finalida jamoamiz “Neftchi”ni Shuhrat Rahmonqulov (38) hamda Anvar Soliyev (51)ning gollari evaziga 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, O‘zbekiston kubogining 3 karra sohibiga aylangan hamda billur sovrin “Navbahor”ga abadiy saqlash uchun topshirilgan.

Ushbu klublar O‘zbekiston kubogi o‘yinlarida o‘zaro 14 marta ro‘baro‘ kelishgan. Mazkur uchrashuvlarning 8 tasida “lochinlar”, 4  tasida esa farg‘onaliklar g‘alaba qozonishgan va 2 ta bahsda durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbati – 24 -15 jamoamiz foydasiga.

Ta’kidlash joizki, ushbu jamoalar O‘zbekiston kubogining yarim finali doirasidagi o‘yinlarda 5 marta (!) to‘qnash kelishgan. Shuningdek,  2 marta nimchorak final va bir marta finalda bellashishgan.

 Jamoalarning O‘zbekiston kubogi doirasidagi barcha uchrashuvlari natijalari:

1992 yil. Yarim final

“Neftchi” – “Navbahor” – 1:2

“Navbahor” – “Neftchi” – 2:1   

1993 yil.YArim final

“Navbahor” – “Neftchi” – 1:0

“Neftchi” – “Navbahor” – 2:1

(Izoh: Mehmonda urilgan gol hisobiga finalga “Navbahor” yo‘l olgan).

1994 yil. Yarim final

“Navbahor” – “Neftchi” – 2:1

“Neftchi” – “Navbahor” – 2:0

1995 yil. Yarim final

“Neftchi” – “Navbahor” – 2:2

“Navbahor” – “Neftchi” – 5:0

1997 yil. Yarim final

“Navbahor” – “Neftchi” – 2:2

“Neftchi” – “Navbahor” – 1:0

1998 yil. Final

“Navbahor” – “Neftchi” – 2:0

2017 yil.Nimchorak final

“Neftchi” – “Navbahor” – 1:0

“Navbahor” – “Neftchi” – 2:1

(Izoh: Mehmonda urilgan gol hisobiga chorak finalga “Neftchi” yo‘l olgan).

2019 yil. Nimchorak final

 “Navbahor” – “Neftchi” – 3:1.

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Neftchi” uchrashuvi 18 aprel kuni Namangandagi “Markaziy” o‘yingohda soat 18:15 da start oladi.

Kiritildi: 23:19, 17.04.2022.
O'qildi: 1615 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.