Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Arsenal» va «Manchester Yunayted» bir futbolchiga qiziqish bildirmoqda

«Arsenal» va «Manchester Yunayted» bir futbolchiga qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

«Norvich» himoyachisi Maksimilian Aarons yozda APLning kuchliroq jamoasiga o‘tishi mumkin. 22 yoshli angliyalik futbolchining xizmatlariga «Arsenal» va «Manchester Yunayted» qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi The Sun.

Manbaga ko‘ra, «qizil iblislar» uchun Aarons o‘ng qanot himoya pozisiyasiga kuchayishi uchun ustuvor variant hisoblanadi. «Kanonirlar» rahbariyati esa allaqachon futbolchi bilan muzokaralar olib borishmoqda. «Manchester Yunayted» va «Arsenal»ni Aarons bilan uzoq muddatli shartnoma imzolashni istamoqda. Maksimilianning transferi 24 million yevro atrofida bo‘lishi mumkin.

Maksimilian Aarons joriy mavsumda Premyer-ligada 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 22 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 12:36, 18.04.2022.
O'qildi: 1478 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик