Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

«Bavariya» qanday «tuzoq»qa tushib qolgan? Levandovski nega «Barselona»ga o‘tmoqchi ekanligi ma’lum yoxud «nemis mashinasi» muammolar girdobida

«Bavariya» qanday «tuzoq»qa tushib qolgan? Levandovski nega «Barselona»ga o‘tmoqchi ekanligi ma’lum yoxud «nemis mashinasi» muammolar girdobida

Baho:
+ | -

G‘azablangan «Bavariya» bechora «Arminiya»dan bor alamini oldi – 3:0

Nagelsmann jamoasi haqiqatdan ham yomon damlarni boshdan kechirmoqda: nemislar «Vilyarreal»dan mag‘lubiyatga uchrab, Chempionlar ligasini tark etdi.

Sport1.denashrining yozishicha, «Bavariya»ning ikki yetakchisi murabbiyning taktik qarorlarini tanqid qilib, o‘ta og‘ir mashg‘ulotlardan nolimoqda. Keyinroq jurnalist Kerri Xou shunday dedi: «isyonchilar»dan biri Levandovski bo‘lib, unga Nagelsmanning o‘yinga nisbatan yondashuvi, xususan, taktikasiyoqmaydi. Murabbiy esa stress holatda.

Lekin busiz ham «Bavariya»da muammolar yetarli.

Levandovski uzoq muddatli shartnoma imzolamoqchi, agar shunday bo‘lmasa, Robert «Barsa»ga o‘tmoqchi ekanligi yashirmayapti

Ba’zi manbalarda Robert «Bavariya»da qolishini istamayapti va shu sabab murabbiyning taktikalaridan norozi bo‘lmoqda.

Polshaning Interia Sport nashri jurnalisti Sebastyan Stashevskiyning so‘zlariga ko‘ra, futbolchi allaqachon ketishga qaror qilgan. Ta’kidlanishicha, Leva boshqa top-klublarning takliflarini rad etib, «Barselona» bilan uch yillik shartnoma borasida kelishib olgan.

Sky Sport Deutschland nashri jurnalisti Florian Plettenberg insaydlariga ko‘ra, futbolchi maoshini oshirmoqchi – soliqlarni hisobga olmaganda 35-40 million yevro. Laporta bu pulni sarflashga qarshi emas. Sababi Robert 33 yoshda bo‘lsa ham yana bir necha mavsum yuqori darajada o‘ynab beroladi va uning o‘yini Xaviga yoqadi. Mish-mishlarga ko‘ra, murabbiyning o‘zi Robertni Kataloniyaga o‘tishga ko‘ndirmoqchi.

Ammo Levandovski hozircha «Bavariya» boshqaruv raisi Oliver Kan bilan ketishni muhokama qilmagan.

«Robertning klub bilan amaldagi shartnomasi bor. Biz Levandovski bilan aloqadamiz va uni«Bavariya»da imkon qadar ko‘proq vaqt qolishini istaymiz. «Bavariya» shartnoma bo‘yicha muzokaralarni qachon boshlashini keyinroq hal qilamiz. Biz hech kimga bosim o‘tkazishini istamaymiz.

Albatta, qaysidir vaqtda futbolchi bu yerda hamma narsaga erishdim va bu yerda barcha sovrinlarni qo‘lga kiritdim, deb o‘ylay boshlaydi. Shuning uchun uni qolishga ishontirish uchun vaqt kerak. Yozda klubini almashtirgan futbolchilarga qarang. Ronalduni nimani uddalay oldi? Messichi? Robert ham shunday vaziyatga tushmaydi deb kim kafolat beradi?».

Insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, «Bavariya» bilan muzokaralar shartnoma muddati sabab ortga surilmoqda, futbolchining agenti uch yillik bitim talab qilmoqda. Myunxenliklar esa bu kelishuvni uzoq deb hisoblamoqda.

Qolaversa, Levandovski «Bavariya» rahbariyatidan xafa bo‘lgan. Klub o‘tgan yozda futbolchini «PSJ»ga sotishdan bosh tortgach, darhol unga yaxshilangan, yangi shartnoma taklif qilishiga umid qilgan.

Nagelsmann YECHL chorak final uchrashuvi oldidan jamoasi kuchiga yuqori baho berdi

Chempionlar ligasini tark etgandan so‘ng, «Vilyarreal» a’zolari Nagelsmanga «tosh otishdi»: Dani Parexo Yulianning ispanlarga qarshi birinchi o‘yinning o‘zida kerakli natijaga erishishi haqidagi fikrlarini «Vilyarreal»ga nisbatan hurmatsizlik qildi deya ochiqcha aybladi. «Sariq suv osti kemasi» ustozi Unai Emeri o‘yindan keyin Parexoning gaplariga o‘xshash fikr bildirdi: «Bavariya» o‘z kuchiga ortiqcha ishonib yubordi. Ular o‘yindan oldin bizni nazarga ilishmadi va shuning uchun jazolanishdi».

«Futbolda bahonalar ko‘p», - deydi Nagelsmann o‘yindan keyin. «Hammaaybni o‘z zimmamga olishim va javobgar bo‘lishim kerak. Mag‘lubiyatda hech kimni ayblamoqchi emasman. Musobaqadan chiqib ketdikmi, demak o‘rganishim kerak bo‘lgan narsalar ko‘p».

 

«Augsburg» ustidan qozonilgan 1:0 hisobidagi qiyin g‘alabadan so‘ng, Nagelsmann noodatiy fikr bildirdi: «Birinchi bo‘limda yaxshi o‘ynamadik. Tanaffusdan keyingi dastlabki 20 daqiqa yaxshiroq o‘ynagan bo‘lsakda, keyin yana pasayish kuzatildi. Biz faqat oxirgi o‘n daqiqada yaxshi o‘ynadik. Endi biz ko‘proq hujum qilish haqida emas, himoyalaviy o‘yin ko‘rsatib, g‘alaba qozonishni o‘rganishimiz kerak. Bugun buni uddaladik. Men o‘yinimizda qoniqdim».

«Bavariya» maosh borasida qiynalmoqda. Klub Gnabri bilan shartnoma uzaytira olmasliklari mumkin

«Bavariya»ning yana bir katta muammosi - maosh. Hammasi himoyachi Lyuk Ernandes tufayli boshlandi.Bu Myunxen klubi tarixidagi eng qimmat transfer hisoblanadi. Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, uning maoshi yiliga 13 dan 24 million yevrogacha ko‘tariladi va bu tabiiyki, klubning boshqa a’zolariga yoqmaydi.

«Hozirda«Bavariya» Ernandesning shartnomasi tufayli «tuzoq»qa tushib qolgan», - deya tushuntirdi klubga aloqador Spox nashri. «Chunki hozir klubning barcha yetakchifutbolchilari maoshlarini sezilarli darajada oshirishni talab qilmoqdalar.

Klub esa koronavirus paytidagi moliyaviy yo‘qotishlar sabab buni amalga oshira olmaydilar».

Ernandes sotib olinganidan keyin shartnomani uzaytirish myunxenliklar uchun bosh og‘rig‘iga aylandi: 2021 yilning yozida David Alaba jamoani tekinga tark etdi (Kicker nashri ma’lumotlariga ko‘ra, u 20-25 million yevro maosh so‘ragan). Uning talablari noadekvat deb ataldi va jamoadan ketishiga ruxsat berdi.

Shundan keyin «Bavariya» sport direktori Salihamidjich klub ish haqi chegarasi haqida gapirdi:

«Jamoamizda maosh chegarasi bor - bular Levandovski va Noyyer. Menimcha, Alaba o‘zinining darajasini yuqori baholadi».

Keyinchalik, David klubni yolg‘onchilikda aybladi.

Gnabri va Myullerning shartnomalarini uzaytirish bo‘yicha muzokaralar fevral oyidan beri davom etmoqda. Tomas bilan muammo yo‘q. Chunki bugun chiqqan ma’lumotlarga ko‘ra, Myuller 2025 yilgacha amal qiladigan shartnoma borasida kelishib olgan. Ammo Serj o‘ziga taklif qilingan 15 million yevrodan ko‘proq maosh so‘ramoqda. Bu esa klub vakillariga yoqmayapti. Shuning uchun «Real» va «Liverpul» kabi klublarning qiziqishlari haqida mish-mishlar tez-tez tarqalmoqda.

«U 80 million yevro turadi va yiliga taxminan 20 million yevro oladi», — deya Ernandes haqidagi savolarga jovob berdi klubning sobiq himoyachisi Lotar Matteus. - Lyuk uchun «Bavariya» hattoki maosh chegarasini ham oshirdi. Oldin boshqa o‘yinchilar maosh chegarasiga amal qilishardi. Agar biror futbolchi klubga kelib, saviyasini ko‘rsatmay, ko‘p pul olsa, qolganlari: «Biz ham shuncha maosh xohlaymiz», deyishi tabiiy», — deya qo‘shimcha qildi Mattuyes.

Matteus fikrlari haqiqatdan uzoq emas edi. Chunki «Bavariya»da teng saviyali futbolchilar yetarlicha topiladi. Hozirda «nemis mashinasi»da ichki muammolar bor. Ammo yozda bu muammoga yechim topish zarur. Agar, shunday bo‘lmasa, yaqin vaqt ichida «Bavariya»da yemirilish boshlanishi mumkin.

Kiritildi: 22:39, 18.04.2022.
O'qildi: 3794 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.