Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Samvel Babayan: “Derbida muhim g‘alabani qo‘lga kiritdik”

Samvel Babayan: “Derbida muhim g‘alabani qo‘lga kiritdik”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Coca Cola kubogi guruh bosqichi, 3-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Neftchi” (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi. Jamoamiz ustozi avvalo o‘yin haqida to‘xtalib o‘tdi.

- Bugungi g‘alaba bilan avvalo qadrli muxlislarimizni tabriklayman. Derbida muhim g‘alabani qo‘lga kiritdik. Yigitlarga rahmat, ular keyingi bosqich masalasini muddatidan oldin hal etishgan bo‘lsada, konsentrasiyani yo‘qotishmadi va o‘yin yakunigacha to‘p nazoratini ushlab turishdi va guruh bosqichi bahslarida 100 foizlik natija bilan navbatdagi bosqich masalasini hal etishdi. Ta’kidlaganimdek, bosqichma-bosqich jamoamizning o‘yini shakllanib bormoqda hamda ayni paytda foiz hisobida oladigan 70 foizgacha o‘yin nazoratini o‘z qo‘limizda ushlay olamiz.

- Jamoa 7 ta bahsdan buyon bir nafar hujumchi bilan harakat qilyapti. Rejangizda o‘yinni 2 nafar hujumchi bilan boshlash varianti ham bormi?

- Taktika bo‘yicha siz bilan konkretno gaplashmayman. Men konkret aytganman, bizning taktikamiz bo‘yicha 10 nafar futbolchi bemalol himoyadan hujumga o‘tishi mumkin. Jamoaning hujumkorligi hujumchilarning soniga qarab o‘lchanmaydi. Shunday jamoalar borki, nominal hujumchisiz maydonga tushib, hujumkor o‘yin namoyish eta oladi. Bu savol bugungi kunda dolzarb emas. Menimcha, bugun jamoamiz hujumkor o‘yin namoyish etdi.

- “Neftchi” bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov Superliganing ilk turida “Navbahor”ga qarshi o‘ynashni istagani haqida gapirgandi. Bu haqda sizning fikringiz qanday?

- Menimcha, Mo‘minjonov “Navbahor”da faoliyat olib borgani, maydon unga tanishligi bois, ushbu so‘zlarni gapirgan bo‘lishi mumkin. Qayerda o‘ynashning nima farqi bor? Mo‘minjonov shunchaki ushbu bahsga qo‘shimcha intriga kiritish maqsadida, mazkur so‘zlarni gapirgan bo‘lishi mumkin. Ammo “Navbahor” va “Neftchi” o‘rtasidagi o‘yinlar derbi maqomida hamda bunday bahslarga muxlislarning qiziqishi juda yuqori. Xudoga shukr, biz barchasini o‘z o‘rniga qo‘ya oldik.

- Elguja Grigalashvilining xolati qanday?

- Unda hammasi yaxshi, keyingi o‘yinga qadar tayyor bo‘ladi.

- Jamoada ikkita bir xil kuchga ega bo‘lgan tarkib shakllangan. Nega rotasiyalarni amalga oshirmayapsiz?

- Savol uchun rahmat. “Navbahor”ning hozirgi boshlang‘ich tarkibida 7-8 nafar yangi futbolchilar bor. Ko‘pchilik O‘zbekiston kubogi bahslarining guruh bosqichi qur’asi “Navbahor”ga qiyinchilik tug‘diradi, chunki guruhdan Superliganing 4 jamoasi o‘rin oldi, degandi. Aksincha, men bundan suyundim. Chunki, hozirgi tarkibni shakllantirib olish uchun ajoyib imkoniyat yuzaga kelgandi. Zaxira o‘rindig‘idagi futbolchilar ham maydonga tushganlarida o‘yin natijasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish qobiliyatiga egalar. Jamoada raqobat bor. Masalan, bugungi bahsda ham zaxiradan maydonga tushirilgan futbolchilar o‘zlarini ko‘rsata olishdi.

Yana qaytaraman, biz uchun o‘yinni shakllantirish lozim edi.

Biz uchun natija juda muhim. Vaqti kelib barcha futbolchilarga imkoniyat beramiz.

Kiritildi: 02:04, 19.04.2022.
O'qildi: 1068 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.