Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf 1-1 Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor 2-1 Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

«Kadis» darvozaboni «Real» va «Barselona» «kushandasi»

«Kadis» darvozaboni «Real» va «Barselona» «kushandasi»

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 32-turidan o‘rin olgan so‘nggi o‘yinda «Barselona» o‘z maydonida sensasion tarzda «Kadis»ga imkoniyatni boy berdi – 0:1.

Ushbu uchrashuv mehmonlar uchun La Liga grand jamoalariga qarshi navbatdagi muvaffaqiyatli o‘yin bo‘ldi. «Kadis» birinchi davrada ham «Barsa», keyin esa «Real» bilan durang o‘ynagan.

Qizig‘i shundaki, «Real»ga qarshi o‘yinda ham «sariq-ko‘klar» o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan. «Kadis» darvozaboni Xeremias Ledesma darvozasi tomon yo‘llangan sakkizta zarbaning hammasini qaytargan va birorta ham gol o‘tkazib yubormagan.

Bugun «Barselona» futbolchilari argentinalik darvozabon darvozasi tomon madridliklardan ham ko‘proq – to‘qqiz marta zarba berishdi, lekin gol ham ura olishmadi.

Ma’lumot o‘rnida, «Kadis» joriy mavsumdagi oltinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Kiritildi: 03:12, 19.04.2022.
O'qildi: 3358 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик