Taniqli ingliz jurnalisti Piter O‘'Rurk "Tottenxem" futbolchisi Ndombelening taqdiri haqida fikr bildirdi. U shunday deydi:
"Men uni "Tottenxem"ga qaytishi uchun hech qanday sabab ko‘rmayapman. Garchand u hali ham klub uchun eng qimmat futbolchi sifatida e’tirof etilsa ham, u bilan rejalar yaxshi tomonga o‘zgarmadi. Shu sabab uning Londondagi ishi yakunlangan deb o‘ylayman".
25 yoshli futbolchi 2019 yilda "Lion"dan 54 million funtga xarid qilingan edi.