Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Spalletti: "Napoli" mutlaqo keraksiz gol o‘tkazib yubordi"

Spalletti: "Napoli" mutlaqo keraksiz gol o‘tkazib yubordi"

Baho:
+ | -

Luchano Spaletti “Roma” bilan durang (1:1) haqida fikr bildirdi.

"Napoli" bosh murabbiyi A Seriyaning 33-turidan o‘rin olgan, rimliklar 91-daqiqada gol urib o‘yinga qaytganidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Ko‘ngilsizlik bor, chunki biz uzoq vaqt davomida o‘yinni yaxshi nazorat qildik. Bizga muammo tug‘dirgan kuchli raqib qarshilik qildi.

Uchrashuv yakunidan norozimiz. Biz yangi yarim himoyachilarni qo‘yib yubordik, ammo to‘pni to‘g‘ri nazorat qila olmadik va umuman keraksiz gol o‘tkazib yubordik.

- “Napoli” yana Skudettodan mahrum bo‘lganga o‘xshaydi. Ushbu mavsumdagi o‘yiningizni qanday baholaysiz?

"Menga amallar bilan baho beriladi. Biz uzoq vaqt davomida yaxshi futbol o‘ynadik. O‘ylaymanki, bugungi natija bizni jadval bo‘yicha jazoladi, lekin biz munosib futbol ko‘rsatdik.

Birinchi bo‘limda hisobni oshirishimiz mumkin edi, ammo o‘yin oxiriga kelib to‘p bilan bog‘liq muammolarga duch keldik", - dedi Spaletti.

Kiritildi: 08:06, 19.04.2022.
O'qildi: 808 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик