Kirish Ro'yxatdan o'tish

Saloh «Manchester Yunayted» darvozasiga gol urish bo‘yicha rekordchiga aylandi

Saloh «Manchester Yunayted» darvozasiga gol urish bo‘yicha rekordchiga aylandi

Baho:
+ | -

Bugun «Liverpul»ning «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yinida dubl qayd etgan Muhammad Saloh Premyer-liganing bir mavsumida «qizil iblislar» darvozasiga gol kiritish bo‘yicha chempionat rekordini o‘rnatdi.

Misrlik hujumchi joriy mavsum APLning ikkita o‘yinida «Yunayted» darvozasiga beshta gol urdi. Birinchi davradagi bahsda Saloh xet-trik muallifiga aylangandi, bu «Liverpul»ga «Old Trafford»da yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritishga yordam berdi – 5:0. «Enfild»dagi bugungi uchrashuvda «Liverpul» yulduzi yana ikkita gol urib, manchesterliklarni yana bir marta ranjitdi va mersisaydliklar yirik hisobda g‘alaba qozondi - 4:0.

Etiborlisi, Muhammad Saloh bugungi dublgacha klub va terma jamoa uchun barcha turnirlarda ketma-ket sakkizta uchrashuvda gol ura olmagandi.

Kiritildi: 02:10, 20.04.2022.
O'qildi: 2591 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик