Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Diyor Imomxo‘jayev: «Andijon» kelajakda Germaniyaning «Bayer» klubini yodga solib turishidan umidvormiz»

Diyor Imomxo‘jayev: «Andijon» kelajakda Germaniyaning «Bayer» klubini yodga solib turishidan umidvormiz»

Baho:
+ | -

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov bilan ko‘rishdik va «Andijon» klubi masalasida gaplashdik. Bunda 3 ta masala ko‘tarildi:

— «Andijon» klubining moliyaviy holati bilan bog‘liq masala;

— ««Sog‘lom avlod»» stadioni projektorlarini 2000 lyuksgacha ko‘tarish masalasi;

— «Sog‘lom avlod» stadioni drenaji hamda gazonini xalqaro standartga moslashtirish masalasi.

Nasib bo‘lsa, barcha masala ijobiy tomonga hal bo‘ldi. Katta futbolni davlat byudjetidan xalos qilish hamda xususiy tadbirkorga sharoit yaratib berish orqali viloyat futbolini yangi bosqichga olib chiqish bizdagi asosiy masala hisoblanadi. Bu borada viloyat hokimiga o‘z taklifimizni bildirdik va Abdurahmonov bu yo‘nalishda bizni to‘liq qo‘llab-quvvatladi.

Bir masalaga ahamiyat berish kerak. Vaqt o‘tib, O‘zbekistondagi barcha futbol klublari baribir xususiy sektor qo‘liga o‘tadi. Prezident farmonida ham bu holat aks etgan. Shundan kelib chiqib, biz 2030 yilni kutib o‘tirishimiz emas, bosqichma-bosqich shu yo‘nalishda odimlashimiz kerak. «Turon» futbol klubidan keyin «Andijon»ning ham oldinga yurayotgani yoqimli. Rejamiz bo‘yicha 2023 yildan boshlab «Andijon» futbol klubining davlat byudjetiga og‘irligi tushmasligi kerak. Mana shu 1 yil o‘tish davri bo‘ladi, qolganiga tadbirkor klubni o‘zi amallashga harakat qiladi. «Andijon» kelajakda Germaniyaning «Bayer» klubini yodga solib turishidan umidvormiz.

Bizningcha, mana shu qiyin davrlar o‘tsa, bugungi «Turon» va bugungi «Andijon» yaqin 5 yillikning eng normal komandalari bo‘ladi. Bosqichma-bosqich qolganlar ham shu yo‘nalishga o‘tadi. Muhimi 50-60 mlrdlik smetalarni tasdiqlash emas, mehnat bilan topilgan 10-15 mlrdni aql bilan sarf qilish, infrastruktura hamda bolalar futbolini asosiy planga olib chiqish. Shuning uchun ham PFL «Turon» va «Andijon»ga hurmat ko‘zi bilan qaraydi hamda bunday jamoalarni futbolimiz ertasi deb hisoblaydi. Mana shu klublar millionlar o‘yini rivojiga hammadan ko‘proq hissa qo‘shyapti.

P.S. To‘rt yil avval «Andijon»da futbolni jonlantirish uchun real harakatlar boshlangan, «Sog‘lom avlod» stadionida ish qaynagandi. Biroq futbolni cho‘ntak qilib olgan odamlar sabab, viloyat kattalari futboldan bezib ketgan. Biz holatni, prinsiplarimizni va rejalarimizni Abdurahmonovga tushuntirdik. Bugungi uchrashuv uchun viloyat hokimiga minnatdorchilik bildiramiz.    

Kecha yuzdan ziyod andijonlik futbol muxlislari klub taqdiri bilan qiziqib, savollar yog‘dirdi. Futbol muxlisining klubga eng katta yordami — chipta sotib olib o‘yinga kirish hamda har qanday vaziyatda ham o‘z suyuklilarini qo‘llab-quvvatlash. Bu futboldagi eng oddiy marketing. Siz sarf etayotgan 15 ming so‘m klubga eng katta yordamdir. Ishonamizki, «Sog‘lom avlod» kelasi o‘yinlarda muxlislar bilan to‘lib toshadi.

Diyor Imomxo‘jayev

Manba: https://t.me/diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 13:46, 20.04.2022.
O'qildi: 2098 marta.
Fikrlar: 21 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик