Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

O‘zbekiston kubogi. Pley-off bosqichiga chiqqan yana 4ta jamoa aniq bo‘ldi

O‘zbekiston kubogi. Pley-off bosqichiga chiqqan yana 4ta jamoa aniq bo‘ldi

Baho:
+ | -

Bugun O‘zbekiston kubogi musobaqasining “D” guruhida  3-tur uchrashuvlari davom ettirildi. Yaypandagi “O‘zbekiston” stadionida “Qo‘qon-1912” jamoasi Pro-liga vakili bo‘lgan “Mash’al”ni qabul qildi.

Qo‘qonliklar raqibga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi va muborakliklar darvozasiga javobsiz 4ta to‘p yo‘llashdi. Natijada “Qo‘qon-1912” 9 ochko bilan guruh g‘olibiga aylandi.

"D" guruhidagi 2-o‘yinda «G‘ijduvon» va «Do‘stlik Oltiariq» jamoalari 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.

3-turdan keyin guruhdagi vaziyat quyidagicha ko‘rinish oldi:

 JamoaO‘yinG‘alabaDurangMag‘-tT-NOchko
1 Qo‘qon-1912 3 3 0 0 12-1 9
2 Mash’al 3 1 1 1 3-5 4
3 G‘ijduvon 3 0 2 1 1-5 2
4 Do‘stlik Oltiariq 3 0 1 2 3-8 1


"E" guruhi doirasidagi bahsda «So‘g‘diyona» Jizzaxda «Yangiyer»ni 5:0 hisobida tor-mor keltirdi. Ulug‘bek Baqoyev shogirdlari safida Shahboz Jo‘rabekov (dubl), Jasur Hasanov, Iskandar Shoyqulov, Marko Kolakovich o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

Guruhdagi 2-bahsda «Aral Samali» va «Andijon» o‘zaro to‘qnash kelishi kerak edi. Biroq Andijon klubi moliyaviy muammolar sabab o‘yinni o‘tkazib yubordi. Shu sababli nukusliklarga texnik g‘alaba yozildi.

"E" guruhidagi holat:

 JamoaO‘yinG‘alabaDurangMag‘-tT-NOchko
1 So‘g‘diyona 3 2 1 0 7-1 7
2 Andijon 3 1 1 1 4-5 4
3 Orol 3 1 0 2 3-4 3
4 Yangiyer 3 1 0 2 4-8 3


20 aprel kungi bahslardan keyin «Mash’al», «So‘g‘diyona» va «Andijon» O‘zbekiston Kubogi pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. «Qo‘qon-1912» esa 2-turdan keyin bu masalani hal qilgandi.

O‘zbekiston kubogi, guruh bosqichi, 3-tur
 “Qo‘qon-1912” – “Mash’al”(Muborak)   –  4:0
Gollar: Jamid Xasanov (17), Shahzodbek Nurmatov (23), San’at Shixov(88), Anvar Xojimirzayev (90)
Ogohlantirishlar: Shahzodbek Nurmatov(59)   –  Sirojiddin Raxmatullayev (42), Najmiddin Normurodov (50), Doston To‘xtaboyev(59), Ibrohim No‘’monov(80)
“Qo‘qon-1912”: Muzaffar Abdullayev, 5. Slavko Lukich, 6. Dilshod Rahmatullayev (Anvar Hojimirzayev 74), 7. Jamshid Hasanov (Quvondiq Ro‘ziyev 46), 8.San’at Shixov, 10. Javohir Siddiqov, 13. Sardor Azimov (Bilolxon Toshmirzayev 46), 14. Avazxon Mamatxo‘jayev (Ilhom Vahobov 46), 15.Oybek Rustamov, 18.SHahzod Nurmatov (Murodjon Komilov 74), 33.Ivan Yosovich
“Mash’al”: 35. Doston To‘xtaboyev, 2. Zafarbek Akramov, 5. Najmiddin Normurodov,  6. Ojo Oluvadamilare Moses, 11.Ibrohim No‘’monov, 17. Sirojiddin Raxmatullayev,  19. Abdumalik Toshpo‘latov,23. Samandar Shukrullayev,  33. Sirojiddin Allayev (Maradona Safarov 21),  70.Jonibek Mirzaqulov (Abdurahmon Abdulhaqov 67), 97. Ruslan Hojiyev (Mikola Agapov 67)

«G‘ijduvon» — «Do‘stlik Oltiariq» 1:1
Gollar: 0:1 — 13 Qurbonov, 1:1 — 64 Boysariyev.
«G‘ijduvon»: 12. Hojiakbar Jo‘rayev, 3. Solibek Karimov, 4. Shavkat Rahmatov, 7. Jamshid Hasanov, 8. Akbar Murodov, 9. Song Lonji, 26. Ramis Begishev, 31. Nodir Ibrohimov, 70. Islom Shodmonov, 78. Farrux Jo‘rayev, 98. Akrom Bahromov.
«Do‘stlik Oltiariq»: 12. Jasur Abdullayev, 2. Abror To‘xtasinov, 3. Oqil Mahmudov, 8. Musobek Muzaffarov, 9. Muhammadhayit Qo‘ldoshev, 10. Mo‘ydin Mamazulunov, 11. Iqbolmirzo No‘monov, 13. Asror Qurbonov, 14. Muhiddin Yusupov, 15. Javohir A’zamov, 17. Xushnud Bozorov.

«So‘g‘diyona» — «Yangiyer» 5:0
Gollar: 1:0 — 11 Jo‘rabekov, 2:0 — 29 Hasanov, 3:0 38 Shoyqulov, 4:0 — 42 Jo‘rabekov, 5:0 — 68 Kolakovich.
«So‘g‘diyona»: 27. Milan Mitrovich, 2. Sardor Qulmatov, 6. Iskandar Shoyqulov, 7. Shahboz Jo‘rabekov, 10. Shohruz Norxonov, 11. Jasur Hasanov, 19. Javohir Qahramonov, 23. Behruz Shodmonov, 31. Luka Chermel, 44. Yuriy Obshivach, 93. Marko Kolakovich.
«Yangiyer»: 1. Akrom Xo‘jayev, 2. Abduqahhor Hojiakbarov, 4. Nodir Yo‘ldoshev, 7. Said Abdujabborov, 8. Siroj Meliyev, 10. Timur Usmanov, 15. Shohrux Xolmatov, 17. Muhriddin Rasulov, 19. Suhrob Berdiyev, 26. Asiljon Begiqulov, 63. Bunyod Shodiyev.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:21, 20.04.2022.
O'qildi: 2164 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.