Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Yuventus» va «Real» — Ryudiger uchun asosiy favorit

«Yuventus» va «Real» — Ryudiger uchun asosiy favorit

Baho:
+ | -

Manbaga ko‘ra, «Chelsi» markaziy himoyachisi Antonio Ryudiger «Real» yoki «Yuventus»da o‘ynashi mumkin.

Agar 29 yoshli germaniyalik futbolchi London klubi bilan yangi shartnoma imzolamasa, yaqin oylarda «Chelsi»ni tark etadi. Sun nashri xabariga ko‘ra, Ryudigerning erkin agent sifatida qo‘lga kiritishda asosiy da’vogarlar «Real Madrid» va Turinning «Yuventus» klublari hisoblanadi.

Shuningdek, Germaniya terma jamoasi himoyachisiga «Manchester Yunayted», Fransiyaning «Pari Sen-Jermen» va «Barselona» klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Antonio Ryudiger joriy mavsumda «Chelsi» safida 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 20:37, 20.04.2022.
O'qildi: 1248 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик