Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/08 00:00 Fulhem 2-3 Chelsi
25/08 00:30 Malaga 1-1 Deportivo
25/08 19:00 Surxon 0-0 OKMK
25/08 19:00 Andijon 1-0 Xorazm
25/08 20:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv - Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al - Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum - Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid - Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

"Real" yarim himoyani kuchaytirish uchun asosiy transfer maqsadini aniqlab oldi

"Real" yarim himoyani kuchaytirish uchun asosiy transfer maqsadini aniqlab oldi

Baho:
+ | -

Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem "Real"ning yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsadlaridan biriga aylandi, deb xabar beradi Daily Mail.

Manbaga ko‘ra, "qaymoqranglilar" yosh futbolchini sotib olish uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor. Madrid klubi boshliqlari bu transferni o‘zlarining buguni va kelajagiga uzoq muddatli sarmoya deb bilishadi.

Bellingem 2020 yilda Angliyaning "Birmingem" jamoasidan Dortmundning "Borussiya"siga 25 million yevro evaziga o‘tgan edi. Endi futbolchining transfermarkt saytidagi narxi 75 million yevroga baholanmoqda. O‘yinchining "arilar" bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda 18 yoshli angliyalik nemis klubi safida barcha turnirlar doirasida 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 13:40, 21.04.2022.
O'qildi: 6520 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик