Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

Rasman: «Manchester Yunayted» Erik ten Xag bosh murabbiylikka tayinlanishini e’lon qildi

Rasman: «Manchester Yunayted» Erik ten Xag bosh murabbiylikka tayinlanishini e’lon qildi

Baho:
+ | -

«Ayaks» bosh murabbiyi Erik ten Xag «Manchester Yunayted» bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda manchesterliklar matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mankunianliklar niderlandiyalik murabbiy bilan 2025 yil iyun oyiga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Bitimda shartnomani yana bir yilga uzaytirish bandi ham kiritilgan.

Ten Xag 2022/23 yilgi mavsumdan boshlab «qizil iblislar» boshqaruviga o‘tadi. 52 yoshli mutaxassis hozirda «Ayaks»da faoliyat olib bormoqda. «Manchester Yunayted» murabbiy uchun Niderlandiya jamoasiga 2 million yevro tovon puli to‘laydi.

«Ayaks» ten Xag boshchiligida 2 martadan Niderlandiya chempionligi va Niderlandiya Kubogini qo‘lga kiritgan, bir marta Superkubokda zafar quchgan. 2019 yilda amsterdamliklar Chempionlar Ligasi yarim finalida o‘ynagan.

Erik ten Xag faoliyati davomida «Bavariya»ning ikkinchi jamoasi, «Gou Ehed Igls» va «Utrext»da ishlagan. «Manchester Yunayted» murabbiy uchun Niderlandiyadan tashqarida yuqori diviziondagi ilk tajriba hisoblanadi.

«Manchester Yunayted» 2021/22 yilgi mavsum APLda 54 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 16:11, 21.04.2022.
O'qildi: 2670 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.