"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ralf Rangnik APLning 34-turi doirasidagi "Arsenal"ga (1:3) qarshi o‘yindan so‘ng jamoaning Chempionlar ligasi zonasiga chiqish imkoniyatlariga baho berdi.
“Biz kuchli 4 talikka kirish imkoniyatimizni yo‘qotdikmi? Ishonchim komilki, ha. Men uchun o‘yindan oldin ham Chempionlar Ligasi zonasiga kirishimiz dargumon edi. Va bugungi natijadan keyin, albatta, hech qanday imkoniyat yo‘q", - dedi Rangnik.
"Manchester Yunayted" 41 yil ichida birinchi marta APL doirasidagi safarda ketma-ket to‘rtta o‘yinda mag‘lub bo‘ldi.
Mankunianliklar 34 o‘yindan keyin 54 ochko bilan APL turnir jadvalida oltinchi o‘rinda bormoqda.