"Roma" sport direktori Tiago Pinto bosh murabbiy Joze Mourinyoning muvaffaqiyati haqida fikr bildirdi.
"Mourinyo butun mavsum davomida ajoyib ish qildi. Biz yevrokuboklarda ishtirok etayotgan yagona Italiya jamoasimiz, bu nimanidir ko‘rsatmoqda. Bizning strategiyamiz birinchi kundanoq aniq edi, kelajakda u o‘zgarmaydi. Biz Mourinyo nafaqat maydonda, balki maydon tashqarisida ham o‘z hissasini qo‘shishini yaxshi bilardik”, dedi Pinto DAZN nashriga.
Eslatib o‘tamiz, “Roma” Konferensiyalar ligasi yarim finalida “Lester”ga qarshi o‘ynaydi.