Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

“PSJ”ning o‘ninchi, ayrim yulduzlarning “ilk” chempionligi haqida faktlar

“PSJ”ning o‘ninchi, ayrim yulduzlarning “ilk” chempionligi haqida faktlar

Baho:
+ | -

Kecha "Pari Sen-Jermen" Fransiya chempionati 34-turidan o‘rin olgan uchrashuvda "Lans" bilan 1:1 hisobida durang o‘ynab, mamlakat chempionligini oldindan rasmiylashtirdi.

— “PSJ” Liga 1 dagi 10-chempionligini qo‘lga kiritdi va bu borada “Sent-Etyen”ning rekordini takrorladi;

— Parij jamoasi so‘nggi 10 mavsumda 8-marta Fransiya chempionligini qo‘lga kiritdi. Oxirgi dekadada faqat “Monako” va “Lill” seriyani buza olgan;

— Marko Veratti 8-marta Fransiya chempioniga aylandi. Hech qaysi futbolchi undan ko‘p Liga 1 ni yutmagan;

— Bu Messi uchun “Barselona”dan keyin, Ramos uchun esa “Real”dan keyingi klub bilan qo‘lga kiritilgan dastlabki sovrin bo‘ldi;

— Pochettino esa murabbiy sifatida ilk bor milliy chempionat g‘olibiga aylandi. Uning hisobida Fransiya Superkubogi va kubogi sovrinlari bor;

— Messi so‘nggi 5 mavsumda liga doirasida 36 marta jarima maydoni tashqarisidan gol urdi. Bu top-5 ligalarda eng yaxshi natija. Ikkinchi o‘rinda Dris Mertens (18) bormoqda;

— Bu Messi va Neymar uchun birgalikdagi 10-sovrin bo‘ldi. Ular birga “Barsa”da 9 ta sovringa ega chiqqandi.

Manba: Telegram.me/Futgol_uz
Kiritildi: 13:41, 24.04.2022.
O'qildi: 1287 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик