Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

PFL rahbari "Nasaf"ning jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiyi haqida fikr bildirdi

PFL rahbari "Nasaf"ning jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiyi haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

"Nasaf" muxlislarning yoqimtoy jamoasiga aylanganiga ancha bo‘ldi. Yulduz bo‘lmagan futbolchilar bilan "Nasaf" respublikaning istalgan jamoasidan yorqinroq o‘ynay oladi, hammaga bosh og‘riq. O‘z tarbiyalanuvchilariga suyanib OFK kubogining finaliga qadar ham shu jamoa yetib bordi. Bir yo‘l o‘tib yana o‘sha futbolchilar bilan Qatar chempionlari-yu, Saudiya yetakchilarini qiynayapti.

Ro‘ziqul Berdiyevda hamma ham bilavermaydigan yana bir karta bor: Ilnur Sibagatulin. 2013 yildan buyon "Nasaf" tizimida ishlab kelayotgan bu mutaxassis 44 yoshda. Futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi uchun aynan u javobgar.

Ilnurning yutug‘i shundaki, u yengil atletikadan chiqqan. Afsuski, ko‘plab murabbiylarimiz mana shu soha mutaxassislarining futbolga bera oladigan foydasini ilg‘amaydi. Yengil atletika mutaxassislari jismoniy tayyorgarlikni maromida ushlab turishdan tashqari, bizning futbol eng oqsayotgan bir yo‘nalishga ham e’tibor qaratadi. Sportchining tiklanishidan tortib, uning formaga bosqichma-bosqich kirib borishiga qadar bu juda muhim omil. Yevropalik, amerikalik futbolchilarning eng katta siri ham shunda. Berdiyev esa buni yaxshi tushuna olgan va aytish kerakki, tanlovda adashmagan.

Bizdagi ma’lumotga ko‘ra, Ilnurning ayoli Albina Sibagatulina O‘zbekiston yengil atletika federasiyasida qisqa masofaga yuguruvchilar uchun katta murabbiy. Tabiiyki, u sohadagi barcha yangiliklardan o‘z vaqtida xabardor. Buning samarasi o‘laroq, "Nasaf" ham jismoniy tayyorgarlik jarayonida yangilikka intilaveradi.

P.S. Kecha navoiylik yengil atletika sport turi bo‘yicha bosh murabbiy Sanjar Aslanov bilan shu temada uzoq suhbatlashdik. Foydali suhbatlar yaxshi g‘oyalarga sabab bo‘ladi. Yaxshi g‘oyalar esa ishlashga yanada ko‘proq motivasiya beradi.

Manba: t.me/diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 18:37, 24.04.2022.
O'qildi: 4432 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.