Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Tuxel mavsum oxirida Ryudigerning ketishini tasdiqladi

Tuxel mavsum oxirida Ryudigerning ketishini tasdiqladi

Baho:
+ | -

«Chelsi» bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoa himoyachisi Antonio Ryudiger mavsum yakunlanganidan keyin jamoani tark etishini tasdiqladi.

Shu hafta oxirida Ryudiger «Chelsi»ning haftasiga 200 000 funt sterlinglik shartnoma taklifini rad etgani va endi «Stemford Bridj»ni tekinga tark etmoqchiligi xabar qilingandi.

«Vest Xem» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (1:0) Tuxel Antonio bilan yaqin orada xayrlashayotganini tasdiqladi va klubga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalardan afsusda ekanligini bildirdi.

«Antoniga kelsak, OAV xabardor. Vaziyat shundaki, u klubni tark etmoqchi. U shaxsiy suhbat chog‘ida bu e’tiborimni tortdi.

Biz - men va klub - qo‘limizdan kelganini qildik, biroq sharoit bizni cheklab qo‘ydi. Bu sanksiyalarsiz biz hech bo‘lmaganda kurashni davom ettirgan bo‘lardik, ammo qo‘llarimiz bog‘langan. Biz xafa emasmiz. Bu uning qarori.

U biz uchun asosiy figura va mavsum oxirigacha shunday bo‘lib qoladi. Lekin bu g‘azabiylashtirmoqda. Biz uni juda sog‘inamiz. U kiyinish xonasiga jasorat olib keladi. Hamma bundan qo‘rqardi, ammo bu unga xalaqit bermadi. 50-55 o‘yinni ajoyib darajada o‘tkazdi. U bu yerda bir yarim yil davomida yuqori darajadagi himoyachi edi. Biz boshqa yechim topishimiz kerak» - dedi Tuxel Sky Sports nashriga.

Kiritildi: 22:03, 24.04.2022.
O'qildi: 2760 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик