Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

Abduvohid G‘ulomov: "G‘alaba uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz"

Abduvohid G‘ulomov: "G‘alaba uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz"

Baho:
+ | -

Pro liganing 6-turidagi markaziy o‘yin Yaypanda o‘tkaziladi. “Turon” hamda “Andijon” klublari ishtirokidagi bellashuvga qiziqish juda yuqori darajada, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Ayni chog‘da “Burgutlar” bo‘lajak o‘yinga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko‘rishmoqda.

“Andijon” jamoasining yetakchi futbolchilaridan biri – Abduvohid G‘ulomov “Turon” bilan bo‘ladigan bahs oldidan shunday dedi:

- “Turon” jamoasiga qarshi o‘yinga tayyorgarlikni boshlaganmiz. Jamoadagi kayfiyat a’lo darajada. Biz bo‘lajak uchrashuvda faqat va faqat g‘alaba uchun kurashamiz. Muxlislarimizni, Andijon xalqimizni xursand qilishga bor imkoniyatimizni ishga solamiz.

“Turon” hozirgi paytda turnir jadvalida 1-o‘rinda ketyapti. Bu bejizga emas, ularda ham yaxshi jamoa bor. Tajribali o‘yinchilarga ega, shakllangan jamoa. Ushbu klubga qarshi oson o‘yin bo‘lmasligini bilamiz. Lekin biz g‘alaba uchun oxirigacha harakat qilamiz.

Mashg‘ulotlarda ham astoydil mehnat qilyapmiz. Umid qilamanki, o‘yinni o‘z foydamizga hal qila olamiz. Qilayotgan barcha sa’yi-harakatlarimiz g‘alaba uchun qaratilgan, - deydi G‘ulomov.

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 11:16, 25.04.2022.
O'qildi: 1501 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик