"Manchester Siti" hujumchisi Gabriyeel Jezus yozda jamoani tark etishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
"Hozir bu haqida o‘ylash vaqti emas. Mendan hech qanday yangilik yo‘q, bu - haqiqat.
Ayni damda mavsumning eng muhim pallasi. Men zavqlanishni va bor e’tiborimni jamoaga qaratishni istayman", - dedi braziliyalik futbolchi.
Avvalroq Jezusga "Arsenal" va "Barselona"dan taklif tushayotgani haqida xabarlar chiqqan edi.