Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta

Voyneski: "Futbolchilar ertaga bosimsiz o‘ynashlari mumkin"

Voyneski: "Futbolchilar ertaga bosimsiz o‘ynashlari mumkin"

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Yangiliklar

"Paxtakor" jamoasi bosh murabbiyi Slavche Voyneski Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichi 6-turidan o‘rin olgan "At-Ta’avun"ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Ertaga oxirgi o‘yinimizni o‘tkazamiz. So‘nggi o‘yinda judayam omadsiz bo‘ldik. Vaziyatlardan foydalanmaslik oqibatida jazolandik. Futbolchilar bosimsiz erkin o‘ynashi mumkin. Mezbonlar esa keyingi bosqichga chiqishga urinishadi. Biz g‘alaba uchun harakat qilamiz. Tarkibda ba’zi o‘zgarishlar qilib, yoshlarga imkon berishimiz mumkin.

Biz natijaga erishmaganimiz uchun butun jamoa bilan birga muxlislarimizdan, rahbariyatdan kechirim so‘raymiz. Aynan ijobiy natijalarni qo‘lga kirita olmaganimiz uchun ham g‘alaba maqsadida o‘ynash bizga ishtiyoq beradi.

Uch nafar futbolchi bizga yordam bera olmaydi. Biz qo‘ldan kelgancha yutuq uchun o‘ynaymiz. Futbolda doim kurashish zarur, maydonda borini berish lozim. Jamoa xarakteri shunda shakllanadi. Biz "Ta’avun"ga qarshi maydonda bor kuchimizni beramiz. Hozir eng yaxshi holatda bo‘lgan futbolchilar maydonga tushadi. Yosh futbolchilar o‘yin mobaynida imkoniyat oladi", - dedi mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, "Paxtakor" va "At-Ta’avun" o‘rtasidagi o‘yin 26 apreldan 27 aprelga o‘tar kechasi Burayda shahridagi "Qirol Abdulloh" stadionida Toshkent vaqti bilan soat 01:15 da boshlanadi.

Manba: "Пахтакор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 18:21, 25.04.2022.
O'qildi: 2014 marta.
Fikrlar: 30 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.