Antonio Konte PSJ vakillari bilan muzokara o‘tkazmadi.
Oldinroq italiyalik mutaxassis parijliklar klubini boshqarmoqchi va 2 yillik shartnoma imzolamoqchi ekani xabar qilingandi.
Biroq Goal nashrining yozishicha, «Tottenxem» bosh murabbiyi bor e’tiborini APLning kuchli to‘rtligiga kirishga qaratgan va mavsum oxirigacha klub vakillari bilan kelajagini muhokama qilmaydi.