Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma 0-0 Jenoa
18/01 18:00 Xetafe 0-1 Valensiya
18/01 19:00 Bolonya 1-2 Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton 0-0 Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko 1-0 Alaves
18/01 21:30 Aston Villa 0-1 Everton
18/01 22:00 Torino 0-2 Roma
18/01 22:30 Selta 3-0 Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan 1-0 Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad 2-1 Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona
20/01 00:45 Lasio - Komo
20/01 01:00 Elche - Sevilya
20/01 01:00 Brayton - Bornmut

«Manchester Yunayted»ning yozgi transfer oynasidagi maqsadlari ma’lum bo‘ldi

«Manchester Yunayted»ning yozgi transfer oynasidagi maqsadlari ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted»ning yangi bosh murabbiyi Erik ten Xag jamoani kuchaytirish uchun imkoniyatga ega bo‘ladi.

ESPN nashrining xabariga ko‘ra, niderlandiyalik mutaxassisga yozda transferlarni amalga oshirish uchun 100—150 million funt sterling mablag‘ ajratiladi. Undan tashqari futbolchilarning sotuvidan tushgan pullar ham transferlarga sarflanadi.

Mankunianliklar Erik Bayi, Fil Jons, Aleks Telles, Aaron Uan-Bissaka va Antoni Marsyalga keladigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Shuningdek, Nemanya Matich, Pol Pogba, Jessi Lingard, Xuan Mata va Edinson Kavani yozda erkin agent sifatida jamoani tark etishi kutilmoqda. Darvozabon Din Henderson ketishni xohlagandi, ammo «Manchester Yunayted» uni ijaraga berishni ma’qul topmoqda.

Ten Xag David de Xeaning ham o‘yin uslubi o‘zining tizimiga mos kelishiga shubha bilan qaramoqda, ammo hozir transfer bozorida undan ham muhimroq vazifalar kutib turibdi. «Qizil iblislar»ning yangi bosh murabbiyi istalgan transferni amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi. Niderlandiyalik mutaxassis jamoadagi muhim pozisiyalardagi qisqa ro‘yxatlarga ham ta’sir o‘tkazishi mumkin.

Avvalroq Ralf Rangnik yozda jamoa 10 ta yangi transferni amalga oshirishi mumkinligini aytgandi. Ammo ten Xag uch futbolchini xarid qilish masalasini ko‘rib chiqadi.

Mankunianliklar hozirda jiddiy muammolarga duch kelayotgan himoya chizig‘ini kuchaytirish maqsadida bir nechta variantni ko‘rib chiqmoqda. «Vilyarreal» futbolchisi Pau Torres va «Ayaks» a’zosi Yurrien Timber «Manchester Yunayted»ning qiziqishlari doirasida bo‘lib turibdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:35, 26.04.2022.
O'qildi: 5605 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.