Bild nashri jurnalisti Kristian Falkning xabar berishicha, «Bavariya» «Ayaks» hujumchisi Sebastyan Allerga qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko‘ra, Myunxen klubi vakillari 27 yoshli ivuarlik vakillari bilan allaqachon aloqaga chiqqan.
2021/22 yilgi mavsumda Aller «Ayaks» tarkibida 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 33 ta gol va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali hujumchining narxini 30 million yevroga baholamoqda.













